Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ayol qaynakasi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayol 30-may kuni yuz va qo‘l-oyoq sohasidagi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ayni vaqtda ahvoli nisbatan qoniqarli. Shifokorlar tomonidan barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilyapti. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i hamda mutaxassislar ishtirokida ayolga huquqiy va psixologik ko‘mak berildi.
Dastlabki ma‘lumotga ko‘ra, 1982-yilda tug‘ilgan ayol M.R. va turmush o‘rtog‘ining akasi A.R. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Fermer xo‘jaligi ishchisi bo‘lgan A.R. fermer xo‘jaligi ekin maydoniga qoramoli tushgani uchun M.R.ga tan jarohati yetkazgan.
“Ayni vaqtda bemorning salomatligi, huquqiy himoyasi doimiy nazoratda. Tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilyapti”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Izoh (0)