Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,94 so‘mga tushib, 11 430,09 so‘mni tashkil qildi. Yevro 65,01 so‘mga pastlab, 12 322,78 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,82 so‘mga tushib, 142,59 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 11 450,03 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)