• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    U-20 Jahon Chempionati. O‘zbekiston yoshlari ochilish o‘yinida musobaqa mezboni Argentinaga qarshi o‘ynaydi

    Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon Chempionati 20-may, shanba kuni start oladi.

    Foto: O‘FA

    Ochilish o‘yinida O‘zbekiston U-20 jamoasi musobaqa mezboni Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20-may tunida, soat 02:00 da start oladi. 

    Musobaqa haqida

    Dastlab, 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionati Indoneziyada o‘tkazilishi kerak edi. Biroq Indoneziya aholisi musobaqada Isroilning ishtirok etishidan norozi bo‘ldi. O‘yinlarni qabul qiladigan ayrim shaharlar rahbarlari Isroilni o‘z hududiga kirgizmasligini aytgan. Shundan so‘ng FIFA mamlakatni musobaqa mezbonligidan mahrum qildi va turnir Argentinada o‘tkaziladigan bo‘ldi.

    Janubiy Amerika mamlakati mezbonlik qilayotgan turnir tarixdagi 23-turnir bo‘ladi (ilk bor 1977-yilda o‘tkazilgan). Musobaqa har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. 

    20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi mundialda eng ko‘p g‘oliblik aynan hozirgi mezbonlarga tegishli. Argentina yoshlari musobaqada 6 marta zafar quchgan.

    Kichik Jahon Chempionatida 24 ta jamoa ishtirok etadi. Ular oltita guruhga bo‘lingan. O‘yinlar 2023-yilning 20-mayidan 12-iyuniga qadar bo‘lib o‘tadi.

    O‘zbekiston terma jamoasi A guruhidan joy oldi va Argentina, Yangi Zelandiya, Gvatemala yoshlariga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Quyida Ravshan Haydarov shogirdlarining guruhdagi taqvimi keltirilgan.

    Foto: O‘FA

    O‘zbekiston o‘z tarixida 5-marta U-20 Jahon Chempionatida ishtirok etmoqda

    O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2003-yilda ilk bor mundialda ishtirok etgan. B guruhida Argentina, Ispaniya va Maliga qarshi bahs olib borgan. Uchala o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchragan yoshlar musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlashga to‘g‘ri kelgan.

    2009-yilda ham U-20 yoshlari guruh bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagan. D guruhida Urugvay, Angliya va Gana kabi terma jamoalarga qarshi o‘ynagan o‘zbekistonlik yoshlar faqatgina Angliyaga qarshi bahsda durang natija qayd etgan. Qolgan ikkita o‘yinda raqibga mag‘lub bo‘lgan. 

    Foto: Getty Images

    2013-yilda O‘zbekiston yoshlari o‘z tarixida uchinchi bor mundialda ishtirok etgan. F guruhida Yangi Zelandiya (3:0), Xorvatiya (1:1), Urugvay (0:4) kabi jamoalar bilan o‘ynab, 4 ochko jamg‘argan holda pley-offga yo‘l olgan. Nimchorak finalda Gretsiya 3:1 hisobida taslim etilgan. Chorak finalda esa Fransiya O‘zbekiston darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan. 

    Foto: Getty Images

    2015-yil Yangi Zelandiyaga bo‘lib o‘tgan mundialda O‘zbekiston guruh bosqichida Germaniya (0:3), Gonduras (3:4), Fiji (3:0) mamlakatlari bilan bahs olib borib, 3-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini hal qildi. Nimchorak finalda Avstriya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘zbekistonliklar chorak finalda Senegalga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 

    Jamoalar musobaqaga qanday yetib keldi?

    Ravshan Haydarov shogirdlari musobaqaga Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo Kubogi g‘olibi sifatida tashrif buyurmoqda.

    Foto: “Daryo”/Madina Nurman

    Argentina 2023-yilgi Janubiy Amerika U-20 chempionati doirasida mundial saralashidan o‘ta olmagan bo‘lsa ham, Indoneziya o'rniga mezbon mamlakat sifatida turnirga yo'llanmaga ega chiqdi. 

    Murabbiylarning uchrashuvdan avvalgi fikrlari

    Foto: O‘FA

    O‘zbekiston U-20 jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Argentinaga qarshi ochilish o‘yini oldidan raqibning nomi yuzasidan bosim yo‘qligini va shogirdlari oldiga qo‘yilgan maqsadlarni aytib o‘tdi.

    Argentina bilan o‘tgan yili ham o‘ynaganmiz. Ularni so‘nggi o‘yinlarini tahlil qildik, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik va shunga yarasha tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Kuchli raqib, nom yuzasidan hech qanday bosim yo‘q. Chunki biz nafaqat Argentina, balki Urugvay, Braziliya bilan ham o‘ynab, yetarlicha tajriba to‘pladik.

    Avval ham Jahon Chempionatlarida ishtirok etganmiz. Shu sababli oldimizga oliy maqsadni qo‘yganmiz, qolaversa, avvalgi ishtiroklarimizdagi natijalarimizni yaxshilashni ham maqsad qilganmiz. Bolalarning ishtiyoqi baland, ularda o‘zlariga nisbatan ishonch bor. O‘ylaymanki, Jahon chempionatiga tayyormiz.

    Foto: Getty Images

    Argentina yoshlari murabbiyi Xavyer Maskerano esa O‘zbekiston U-20 jamoasi jiddiy raqib ekanini va bo‘lajak o‘yin qiyin bo‘lishini aytdi.

    O‘zbekiston juda yaxshi jamoa. Ularni bilmaydiganlar haqida shuni aytishim mukinki, ular nima qilish kerakligini yaxshi biladi. O‘tgan yili 5-3-2 sxemasida harakat qilgan raqibimiz iqtidorli vingerlarga ega hamda to‘p nazoratini yaxshi ko‘radi. Ular yakkakurashlarda kuchli, bu haqda shogirdlarimni ogohlantirganman. 

    Uchrashuv oson bo‘lmaydi. Biz ularga qarshi o‘tgan yilning sentyabr oyida o‘ynaganmiz. Raqib jamoa tarkibida ba’zi nomlar o‘zgargan, ammo maqsad o‘sha-o‘sha: ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va to‘pni nazorat qilishga harakat qiladi. Qiyin bo‘ladi.

    20.05.2023, 19:37   Izoh (0)   11363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xavi “Barselona” bilan shartnomasini uzaytiradi

    20.05.2023, 14:42

    Karlo Anchelotti “Real”da qoladi. Peres unga ishonch bildirishini ma’lum qildi 

    20.05.2023, 13:27

    Superliga. “So‘g‘diyona” safarda “Buxoro” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi 

    19.05.2023, 21:59

    Yevrokuboklarda haftaning eng yaxshilari aniqlandi 

    19.05.2023, 20:54

    “Real” yozda har bir chiziqda o‘zgarishlar qilmoqchi. Florentino Peres va Karlo Anchelotti transferlar masalasini ko‘rib chiqadi 

    19.05.2023, 17:54

    Hakamni tepgan “Neftchi W” futbolchisi mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi. O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari e’lon qilindi

    19.05.2023, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.