• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Vazir bo‘lib onasining orzusini amalga oshirgan, o‘g‘lining to‘yi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Ozodbek Nazarbekov 49 yoshda (foto, video)

    O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 7-may kuni 49 yoshni qarshiladi. Quyida bolalikdayoq yetimlik azobini tortgan, onasining orzusini ushaltirish uchun rahbar bo‘lgan san’atkorning hayotidagi moddiy qiyinchiliklar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

    “10 yoshimda onamdan ayrilganman”

    Ozodbek Nazarbekovning onasi hayotni juda erta tark etgan. Oilaning kenja farzandi bo‘lgan xonanda bu paytda bor-yo‘g‘i 10 yoshda edi. Onasining o‘limi xonanda uchun og‘ir zarba bo‘lganini u quyidagicha eslaydi.

    Foto: Xonandaning shaxsiy arxividan

     — Odamlar bolalik yillarini shirin xotiralar bilan eslaydi, men esa aksincha. Onam olamdan o‘tganida bor-yo‘g‘i 10 yoshda edim. Kenja farzand bo‘lganim uchun onamga suyanib o‘sgan, hatto ancha ulg‘ayib qolganimda ham onamning etagini qo‘yib yubormasdim. 
    10 yoshimgacha onamsiz uxlamaganman. Bir kuni onam rahmatli turmushga chiqqan opamning uyiga meni tashlab kelgan ekan. Men yig‘lab janjal qilganimdan keyin opam yarim kechasi onamning oldiga olib kelgan ekan, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

    “Onam rahbar bo‘lishimni istardi”

    Xonanda oddiy ishchilar oilasida dunyoga kelgan, hatto farzandlar orasida faqatgina u oliy ma’lumotli bo‘la olgan. Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, xonandaning onasi kenja farzandining tahsil olishi va “obkom” bo‘lishini orzu qilgan ekan.

    Foto: “Daryo”

    — Onamning bir gaplari hech ham esimdan chiqmaydi, bolalik xotiralarini eslayman, bizning paytimizda viloyat hokimi ‘obkom’ deyilardi. Oyim ham meni erkalab ‘obkom bolam’ derdi. Niyatlari xolis ekan, vaqt o‘tsa ham, shu gaplarini eslayman. Vazir bo‘lgan kunim ham kabinetda o‘tirib shu narsani esladim. Qayerga borsam ham, onamning suratini yonimda olib yuraman. Shu rasm men televideniyeda ishlab yurgan paytim o‘sha yerda turgan edi, keyin u yerdan narsalarimni yig‘ishtirib kabinetga olib bordim. Rasmni kabinetga qo‘ydim va birdan ‘obkom bolam’ deganlari esimga keldi. Shundan keyin o‘tirib yig‘ladim va mana, siz o‘ylagandek farzand bo‘ldim, deb birpas rasmlari bilan gaplashdim.

    Onamning orzusi duo bo‘lgan ekan, bo‘lmasa bizning oilamizda vaziyat og‘ir bo‘lgani uchun akalarim, opalarim o‘rta maxsus ta’limda qolib ketishdi, oliy ma’lumotli bo‘lisholmadi. Vazirlikka ishga kelganimning birinchi kuni onam bilan 10 daqiqa gaplashdim. Shuncha duo qilib, shu kunlarni ko‘rmadingiz dedim. Shu kunlar bolaligimda bo‘lgani uchun menda faqat o‘ksik xotiralar qolgan. Bilmadim, lekin quvonchli voqealarni eslolmayman, balki ungacha quvonchli voqealar bo‘lgandir, biroq bu qayg‘uli kunlar barchasini yuvib tashladi. Onamning tirikligida quvonch, kayfiyat bor edi”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

    “Uchuvchi bo‘lishni orzu qilganman”

    Ozodbek Nazarbekov bolalikda bir nechta hunarlarni o‘rganishga harakat qilgan. 15 yoshni qarshilagunga qadar, u san’atkor bo‘lish haqida jiddiy ahd qilmagan.

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    — Oilamizda san’atkor bo‘lmagani uchun otam meni turli sohalarga yo‘naltirgan. Shahrixondagi kosiblar mahallasidan tortib, tandir-o‘choqchi, pichoqchilarning ustaxonalarigacha borib, ularga shogird tushganman. Ish qilayotganda shunchaki qo‘shiqlarni kuylardim, ammo bu sohaning etagini tutish niyatim jiddiy emasdi. Barcha bolalar singari men ham uchuvchi bo‘lishni orzu qilganman. Undan keyin kinoaktyorlikka qiziqqanman. Oilamizda yetti farzand edik. Yaxshi eslayman, musiqa maktabimizga 12 so‘m badal puli to‘lash kerak edi, o‘shani to‘lash ham oilamizga og‘irlik qilardi.

    Rubob olish katta orzum bo‘lgan. Akmaljon degan sinfdoshim bo‘lgan. U o‘sha musiqa maktabiga borardi. Akmaljonning musiqa maktabida darsi bo‘lgan kuni maktabga rubobini ko‘tarib kelardi. U rubobini olib kelgan kun men uchun bayram edi. Meni musiqa maktabining sinfiga kiritishmas edi. Kalitning tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, berilgan darslarni yodlab olib, yodlagan kuylarim esimdan chiqib qolmasligi uchun maktab koridorida u yoqdan bu yoqqa g‘ing‘illab, takrorlab o‘tirardim. Sinfdoshim darsdan chiqishi bilan rubobini olib, xotiramdagi kuyni rubobda chalib ko‘rib, qo‘limga ko‘chirardim. Darsdan so‘ng uyga qaytardim, uyga qaytgach mahallamizdagi boshqa bir bolaning rubobini olib, unda shug‘ullanib, darslarni o‘zlashtirardim.



    Hatto oxirgi vaqtlar shunday bo‘ldiki, musiqa maktabidagi Sobirjon aka degan ustozimiz maktabga pul to‘lolmaganimga ham ko‘z yumib, “Kirib, oxirgi partada bo‘lsa ham o‘tiraver”, dedilar. O‘sha vaqtda shunaqa baxtli edimki, men uni byurokratiyasi bilan nima ishim bor, men o‘qiyapman, menga shu kerak edi. Shanba va yakshanba kuni ustozning uylariga borardim. U kunlarni kutib yashardim. Chunki ustozimning uylarida barcha musiqa asboblari bo‘lardi. Ustozlarimiz behikmat insonlar bo‘lishmagan. Avval bir ish berardilar, o‘sha ishni bajarganimizdan keyin ikki soat soz chalishga ruxsat berganlar. O‘sha kuni mendan baxtli inson bo‘lmagan, — deydi xonanda.

    “Muhriddin Holiqovga havas qilganman”

    Ozodbek Nazarbekov san’atkor bo‘lib shakllanishida Muhriddin Holiqovning o‘rni beqiyos bo‘lgani haqida so‘zlab bergan. 

    Foto: Skrin

    —  Muhriddin Xoliqovga havasim juda yuqori bo‘lgan. Hattoki ularning ovoziga taqlid ham qilar edim. O‘sha paytda Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilingan. Tanlovning birinchi turida qatnashib g‘olib bo‘lganman, shunda fevral oylari edi. Keyingi tur yana ikki oydan keyin boshlanardi. Bizga ketaveringlar, keyingi turga kelasizlar deyishgan. Shu vaqtda men Muhriddin Xoliqovni topib, tanishib ketmasam bo‘lmaydi deganman. Chunki tanlovda ustozning qo‘shig‘ini aytib ishtirok etgandim, — deydi xonanda.

    “Ustozning uyini bir hafta izlaganman”

    Ozodbek Nazarbekov tanish-bilishlarsiz “ko‘tarilgan” ijodkor hisoblanadi. Uning Muhriddin Holiqov bilan tanishuvi ham juda qiziq kechgan.

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    — Shaxrixonlik Ma’ruf aka degan tanishim bor edi. U kishi konservatoriyada o‘qir  va to‘ylarda g‘ijjak chalardi. Uning yonida yurib, to‘ylarga chiqib yurgan paytlarim edi. U kishiga Muhriddin Holiqov bilan uchrashish niyatim borligini aytdim. U bilan ustozning uyini naqd bir hafta izlab, topib borganmiz. Ammo ustoz bilan uchrashuvimiz oson kechmagan. Avvaliga ustozning akasi Shahobbin aka bilan suhbatlashganmiz. “Uch kundan keyin soat 6 larga kelinglar, shu yerda yig‘ilib to‘yga ketamiz”, degan. Shahobiddin akaga ustozning qo‘shiqlarini ijro etgan kassetamni berib, uch kun o‘tishini intizor bo‘lib kutganman. Uch kundan keyin kelsam, uy oldida bagajlari ochilgan va magnitofoni baland qilib qo‘yilgan mashina turibdi. Eng qizig‘i, unda mening ijromdagi qo‘shiqlar yangrayotganini eshitib, g‘alati bo‘lib ketganman. Meni Muhriddin akaga tanishtirgach, qo‘shiqlarni qayta eshitib ko‘rdi. “Jamoa bilan birga ishlaysanmi? Agar uyingdagilar rozi bo‘lishsa, to‘y xizmatlariga o‘zim bilan birga olib boraman”, degan. Quvonganimdan uyga borib otamning duosini olganman va Muhriddin aka bilan vohadagi xizmatlarga ketganman, — deydi xonanda.

    Ustoz an’anasini davom ettirgan shogird

    Muhriddin Holiqov shogirdlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan ijodkor edi. U Ozodbek Nazarbekovga ham uyidan joy berdi.

    Foto: Instagram / @ozod_axmadovich

    — Toshkentga kelib, Muhriddin akaning hovlisiga joylashganman. Bu yerda doim 3-4 ta shogirdlar bo‘lar, ustoz nimani yesa, shogirdlariga ham shuni ilinardi, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

    Keyinchalik bu odatni Ozodbek Nazarbekov ham davom ettirdi. Azizbek Bekturdiyev, Alisher Fayz va Bahrom Nazarov ustozlarining uyida yashab, san’at sirlarini o‘rganishgani, Ozodbek Nazarbekov ularga nafaqat saboq bergani va ish bilan ham ta’minlaganini ko‘plab intervyularida aytib o‘tishgan. 

    Ozodbek Nazarbekov 1994-yilda ijodini boshlagan. Ammo qandaydir sabablarga ko‘ra, u tengdoshlariga nisbatan ancha kech tahsil olgan. Ya’ni 29 yoshida talabalikka qabul qilinib, 2007-yili tamomlagan. U 2003-yili yaratilgan “Oydin kechalar” (tahr: “Chang ko‘chalar”) qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan.

    Xonanda eng ommabop va uzoq kunlik konsert berish borasida rekord natijani qayt etgan. Ya’ni 2005-yildan to 2016-yilga qadar xonanda har yili oylab katta saroyda konsert dasturlarini namoyish etgan. Rahbar lavozimlariga ta’yinlanganidan so‘ng ijodida katta uzilish ro‘y bergan. Ya’ni u 2017-yili “Yoshlar” kanaliga rahbar etib ta’yinlangan. Bir yildan so‘ng uni madaniyat vaziri o‘rinbosari etib ta’yinlashdi. Ikki yildan so‘ng esa vazir lavozimiga ta’yinlanib, bor e’tiborini madaniyat sohasini riovjlantirishga qaratdi. 

    Xonanda bilan bog‘liq qiziqarli faktlar ko‘p. Masalan, u o‘zbek san’atkorlari orasida 12 ta shevada mustaqil so‘zlay olishi bilan ham ajralib turadi. Shevalarda gaplashish unga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. 

    Vazirlik afzalmi yoki ijod?

    2020-yildan buyon deyarli ijod qilmayotgan Ozodbek Nazarbekov intervyularining birida rahbar bo‘lishdan ko‘ra, ijod qilish zavqliroq ekanligini aytib o‘tgan. 

    — Albatta, xonanda bo‘lib erkin ijod qilishning qulayligi yuqori. Bugungi kunda, davlat idoralari xalq manfaatiga xizmat qilayotgan paytda vazir bo‘lish yanada mas’uliyatli hisoblanadi. Halovat joyida bo‘lmaydi. Vaqt, ish ko‘lamining kengligi nuqayi nazaridan katta davlatning butun bir madaniyat sohasiga javobgarlik insonni behalovat qilishi aniq”, — deydi madaniyat vaziri.

     8 farzandning otasi

    Foto: Instagram

    Ozodbek Nazarbekov ko‘p farzandli ota. Uning sakkiz nafar farzandi bor. San’atkor oilasi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishni istamaydi.  



    Shukurulloh domla bilan quda bo‘lgan

    Bu yil xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan mashhurlikka erishgan Shukrulloh domla Egamberdiyev bilan quda bo‘lganligi haqidagi xabarlar ko‘plab shou-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ja’far va Marziyaxonning nikoh oqshomi chinakamiga milliy shouga aylandi. Ular to‘yxonaga ot aravada, milliy ohanglar sadosi ostida kirib kelishdi.

    11.05.2023, 12:50   Izoh (0)   60472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Og‘riqlarini kulgi ortiga yashirgan yuksak qalb egasi. Aktyor va rejissor Shuhrat Nuraliyevni xotirlaymiz (video)

    11.05.2023, 11:30

    Gollivud aktyori Jeyson Momoa “Taxtlar o‘yini” serialidan keyin pulsiz qolib ketgani haqida so‘zlab berdi

    10.05.2023, 21:26

    “Hech qachon plastik jarrohga murojaat qilmaganman”. Dunyodagi eng badavlat model Kayli Jenner go‘zallik sirlari haqida 

    10.05.2023, 20:50

    79 yoshli Gollivud aktyori Robert De Niro yettinchi marta ota bo‘ldi

    10.05.2023, 12:32

    “Dunyo go‘zali” Ayshvariya Rayning qizi qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    10.05.2023, 10:30

    Instagram:  Tug‘ilgan kunida qimmatbaho sovg‘a olgan Dilso‘z, Huvaydo Jumayeva mashina xarid qildi, “Osmondagi bolalar-3”da nega Hamdam yo‘q?

    09.05.2023, 22:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Portativ geyming evolyutsiyasi: ROG Ally X o‘yin konsoli haqida nimalarni bilish kerak?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Korzinka “365 kun” brendini yangilamoqda: keng assortiment va sifat – har kuni 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK’dan 5 daqiqada InfinBLACK kredit kartasi 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz VoWiFi texnologiyasini ishga tushirmoqda


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.