• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Rol sabab homilamni qurbon qilganman” — olti yoshida otasidan ayrilgan, o‘yinchoq fabrikasida ishlagan va tasodifan aktrisa bo‘lgan Gulchehra Sa’dullayeva 73 yoshda

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva bu yil 73 bahorni qarshiladi. O‘z davrining eng mashhur rollarini ijro etgan, minglab yigitlar hayolini o‘g‘irlagan aktrisaning ham hayotda armonlari ko‘p. Xususan unga ota mehrini tuyish nasib etmagan. U ko‘plab qiyinchiliklar badaliga yorug‘ kunlarga yetgani haqida to‘lqinlanib gapiradi.

    “Onam 28 yoshida beva qolgan”

    Foto: Skrin

    — Juda baxtli oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib dunyoga kelganman. Mendan keyin Shoira singlim, undan keyin ukam Baxtiyor tug‘ilgan. Ammo hayotimiz birdan qorong‘ilashdi. Olti yoshga to‘lganimda otam rahmatli vafot etdi. Onam sho‘rlik esa uch bola bilan 28 yoshida bevalik to‘nini kiydi. 
    Onam kun bo‘yi ishda bo‘lardi, biz esa Oliya buvim bilan uyda qolardik. Har kuni uyimizga notanish ayollar  kelishi e’tiborimni tortardi. Onam ishdan qaytgach, “Nega uyga kiritdingiz”, deb yig‘lardi. Bola ekanman buning sababini tushunmasdim. Keyin bilsam notanish ayollarning bari sovchilar ekan. Ammo onam ularning hech biriga rozilik bermadi. “Turmushga chiqmayman, hayotimni farzandlarimga bag‘ishlayman”, degan gaplarining mag‘zini ancha kech tushundim, — deydi aktrisa Gulchehra Sa’dullayeva.

    “O‘yinchoq fabrikasida ishlaganman”

    Gulchehra Sa’dullayeva bolalikda tortinchoq va nihoyatda uyatchan qiz bo‘lgan. Bu fe’li uchun onasidan ko‘p tanbeh eshitgan aktrisa nimalarga qodirligini isbotlash uchun kitobga mehr qo‘yadi. Kitob uning nafaqat ilmini, balki nutqini ham rivojlantiradi.

    Foto: Skrin

    — Onam rahmatli “Katta bo‘lganda hech bir kasbning etagidan tutolmaysan”, degan gapni ko‘p gapirardi. U inson nihoyatda mehribon bo‘lgani bilan tarbiyamizga jiddiy e’tibor berardi. Shu boisdanmi tanbehlarini ham ko‘nglimga og‘ir olmasdim, aksincha nimalarga qodir ekanligimni isbotlashga harakat qilardim. Onam o‘yinchoq fabrikasida ishchi edi. Uch oylik kanikulda “Men ham ishlayman”, deb fabrikaga ishga qatnardim.  Oltinchi sinfimdan boshlab yozgi ta’tilni fabrikada o‘tkazganman. Onamga qo‘shilib, qo‘g‘irchoqlarga ko‘z-qosh chizardim, — deydi aktrisa.

    “Onam jurnalist bo‘lishimni istagan”

    Gulchehra Sa’dullayevaning onasi qizining jurnalist bo‘lishini orzu qiladi. Qiz esa jurnalistlik bilan birga tibbiyot sohasiga qiziqadi. Ammo maktabdan teatrga qilingan birgina sayohat uning kasb tanlash haqidagi rejalarini o‘zgartirib yuboradi. U “Alisher Navoiy” spektaklini ko‘rib, aktrisa bo‘lishga ahd qiladi. Albatta, bu uning onasi va buvisiga ma’qul kelmaydi. 

    Foto: Skrin

    — Onamga yolg‘on gapirganim uchun haligacha vijdonim qiynaladi. Chunki onamga O‘zbekiston Milliy universitetiga hujjat topshiryapman deb to‘g‘ri san’at oliygohiga borganman. Ijodiy imtihonlardan a’lo baholarga o‘tganimdan keyin insho yozishimiz kerak edi. Insho yozganimizdan keyin imtihon olgan dotsent domlamiz “Qiz a’lo baholarga o‘qigan ekansan, abituriyentlarning inshosini tekshirib yubormaysanmi?” degan. Xursand bo‘lib, qizil ruchkada xatolarni izlab o‘tirsam eshik zarb bilan ochilib, titrab onam kirib kelgan. “Uyalmaysanmi, senga shunaqa tarbiya berganmidim”, deganida tamom bo‘lganman. Keyin bilsam abituriyent qog‘ozim uyda qolib ketgan ekan. Onam avvaliga san’at oliygohida o‘qishimga jiddiy qarshilik qilgan. Ustozlar o‘rtaga tushishganidan keyin rozi bo‘lgandi, — deydi aktrisa.

    “Tasodifan rolga tasdiqlanganman”

    Gulchehra Sa’dullayevani chin ma’noda baxtli aktrisa deyish mumkin. Chunki u barcha aktrisalar orzu qiladigan rollarni hali o‘qib, tajriba orttirmay turib ijro etgan.

    Foto: Skrin

    — Institutdagi dugonam televideniyeda kasting bo‘layotgani haqida aytib qolgan. Bir marta bo‘lsa ham televideniyeni ko‘ray deb unga hamroh bo‘lganman. O‘shanda turkman yozuvchisining asari asosida 4 qismli badiiy film suratga olinayotgan ekan. Tasodif sabab, rolga tasdiqlanganman. U rol juda mashhur bo‘lib, odamlar og‘ziga tushgan. Uni rejissor Yo‘ldosh A’zamov ham ko‘rib “Shu qizni ham kastingga olib kelinglar”, debdi. Chunki u “O‘tkan kunlar” filmini suratga olishni rejalashtirib yurgan ekan. Kastingga borsam birgina Zaynab roliga 350 dan ortik nomzod kelibdi. Vodiydan sochlari uzun, qoshlari qalin, oppoq qizlar kelishganki, Abdulla Qodiriy Zaynabni qanday tasvirlagan bo‘lsa xuddi shunday. Men esa Kamolonning oddiy qoramag‘iz qiziman. Xullas, hamma qatori kasting topshirdim va yakunida rolga tasdiqlanganimni aytishdi. Shunday quvondim, uni so‘z bilan tasvirlab berolmayman, — deydi aktrisa.

    “Rejissorning talabini eshitib yig‘lab yubordim”

    “O‘tkan kunlar” filmining suratga olish ishlari Shohimardonda bo‘lib o‘tgan. Yosh va tajribasiz Gulchehra Sa’dullayeva mashhurlar sabab o‘zini boshqa sayyoraga tushgandek his qilgani va rejissorning talabini eshitib yig‘lab yuborgani haqida aytib berdi.

    Foto: Skrin

    — Haqiqatan ham filmdagi eng tajribasiz aktrisa o‘zim edim. Ovqat payti ham laganga qo‘l cho‘zmay, aktrisalardan ko‘zimni uzmasdim. Ularning gapirishidan tortib, o‘zini qanday tutishi ham menga qiziq edi. Ammo bir sahnada suratga tushishim juda qiyin kechgan. Yo‘ldosh A’zamov Zaynab Otabekni sog‘inib, yuzidan bo‘sa olishi kerakligini aytgan. Buvimning “Sen qiz bolasan, yuzimni yerga qaratmagin”, degan gaplari yodimga tushib bu sahnada suratga tushmayman, deb oyoq tirab olganman. Rejissorning jahli chiqib “Sen aktrisasan”, deganida “Yo‘q oddiy ishchi bo‘laman, ammo bunday qilmayman”, deb turib olganman. Keyin O‘zbekoyim rolini ijro etgan aktrisa Maryam Yoqubova “Mayli kiyimlaringni yechib menga ber, o‘zim o‘ynayman”, degan. Rolni qizg‘ondimmi bilmadim, ming hijolat bilan shu sahnada suratga tushdim, — deydi aktrisa.

    “Zaynab sabab onamdan kaltak yeganman”

    Kadrda Zaynab qiyofasi yana-da chiroyli ko‘rinishi uchun rejissor grimyordan Gulchehra Sa’dullayevaning qoshlarini tartibga keltirishni so‘raydi. Ammo bu jarayon aktrisaga juda qimmatga tushadi. 

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

    — Qoshimni terishgan, buni ko‘rib onamning shunaqa jig‘ibiyroni chiqqanki asti qo‘yaverasiz. Rosa ta’zirimni  yeganman. Chunki onam va buvim sochlarimni kesishga, qosh terib, pardoz qilishga yo‘l qo‘yishmasdi, — deydi aktrisa.

    “Bolalikda turmush o‘rtog‘imning muxlisi bo‘lganman”

    Gulchehra Sa’dullayeva bolalikdan turmush o‘rtog‘ining ijodiga qiziqqani, unga bir necha marta maktub yozib, ilk “uchrashuv”ga ham o‘zi taklif qilgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — Rahmatli turmush o‘rtog‘im juda ko‘p qizlarning kumeri bo‘lgan. Barcha qizlar qatori men ham uning ijodiga befarq emasdim. Sakkizinchi sinfda sinfdosh qizlar yig‘ilib, u kishiga xat yozadigan bo‘ldik. Husnixatim chiroyli bo‘lgani uchun xatni men yozdim. “Ijodingizni hurmat qilamiz”, deb bir necha marta xat yozgandan keyin maktabda spektakl sahnalashtiradigan bo‘ldik. Qizlarning xohishiga ko‘ra Lutfulla Sa’dullayevni spektaklga taklif etadigan bo‘ldik. Taqdirning tuhfasini qarangki, ishi ko‘p odam ham spektaklimizga kelib, aytilgan vaqtda maktabimizga kelgan, — deydi Gulchehra Sa’dullayeva.

    “Ota-onalarimiz oila qurishimizga qarshi bo‘lishgan”

    Ikki yoshning muhabbat tarixi juda qiziq kechgan. Avvaliga kuyovning otasi aktrisani kelin qilishni istamagan. Keyinchalik Gulchehra Sa’dullayevaning onasi “Artistga beradigan qizim yo‘q”, deb u yuborgan sovchilarni qaytargan.

    — Qaynotam rahmatli jiddiy, aytganini qiladigan odam bo‘lgan. Avvaliga meni kelin qilishni istamagan. Keyin ko‘chada meni ko‘rib qolib, “Uylansang ham faqat shu qizga uylanasan”, degan. Qaynonam sovchilikka kelganida esa onam rad javobini bergan. Uyalib onamga dilimdagilarni aytolmay qiynalib yurganimda bir guruh teatr aktyorlari sovchilikka kelishgan. Ular sabab onam to‘yimizga rozi bo‘lgan, — deydi aktrisa.

    “Turmush o‘rtog‘imdan tarsak yegan kun”

    O‘n sakkiz yoshida kelinlik ostonasiga qadam qo‘ygan Gulchehra Sa’dullayeva bolalik qiliqlari sabab turmush o‘rtog‘idan tarsaki yeganini kulib eslaydi.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

    — Men kelin bo‘lganimda Tuyg‘unbek ismli qaynim 12 yoshlik bola edi. U bilan xuddi o‘rtoqdek qadrdon edik. Ovqatlanib bo‘lgandan keyin idish-tovoqlarni yuvib birga voleyboll o‘ynardik. Bir kuni qalin qor yog‘di. Qaynilarim bilan chana uchragani chiqadigan bo‘ldik. U paytlari Lutfulla Sa’dullayev to‘ylardan juda kech qaytardi. Qaynilarimga birov ko‘rsa uyat deydi desam “Akamning paltosi bilan telpagini kiyib oling”, deyishdi. Ular aytgandek qilib, qiyqirib chana uchayotsak turmush o‘rtog‘im kelib qolgan va chekkaga olib yuzimga tarsaki tushirgan. Keyinchalik bilsam u o‘z ukalaridan ham meni qizg‘ongan ekan, — deydi Gulchehra Sa’dullayeva.

    “Rol sabab homilamni qurbon qilganman”

    Gulchehra Sa’dullayeva san’atning haqiqiy fidoyisi bo‘lgan. Hatto, u intervyularining birida fidoyilik sabab homilasidan ayrilgani va buning uchun haligacha kechalari yig‘lab chiqishi haqida aytib bergandi.

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

    — “Oygul va Baxtiyor” spektaklida Oygul rolini ijro etganman. Partnyorim turmush o‘rtog‘im edi. Premyera kuni barcha ustoz san’atkorlar kelishgan, biz ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘shanda qornimda 7 oylik homilam bor edi. Ammo bu haqida hech kimga aytmagandim. Qahramonimning erkaklarga xos sovutlari sabab atrofdagilar ham bu haqida bilishmagandi. Xullas, Baxtiyor bilan qilich tushadigan sahnada oyog‘im toyib qornim bilan yerga yiqilganman. Birdan tobim qochib, parda tushirilgan. Teatr rahbari ahvolimni ko‘rib spektaklni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. “Yo‘q oxirigacha o‘ynayman”, deb bir amallab rolni ijro etganman. Sahna yopilishiga tez yordam mashinasi kelib, tug‘ruqxonaga olib borishgan. Afsuski, zarb ta’sirida homilam nobud bo‘lgan ekan. Chiroyli qizalog‘imga Oygul deb ism qo‘yganmiz. Bu fidoyiligim uchun o‘zimni kechirmayman. Kechalari yig‘lab chiqqan paytlarim ham ko‘p bo‘lgan. Rol uchun bolamni qurbon qilagnimdan afsuslanaman, — deydi aktrisa. 

    Gulchehra Sa’dullayeva nafaqat ijoddan, balki shaxsiy hayotdan ham baxt topgan insonlardan biri. U Lutfulla Sa’dullayev bilan o‘zbek san’atidagi eng chiroyli juftliklardan biri bo‘ldi. Hozirda uch farzand va o‘ndan ortiq nabira va chevaralarning sevimli buvijonisiga aylandi.

    15.04.2023, 13:35   Izoh (0)   17965
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yubka kiygan rotveyler” — bir paytlar britaniyaliklarning birinchi raqamli dushmani bo‘lgan Kamilla Parker-Boulz haqida nimalarni bilamiz?

    15.04.2023, 09:35

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Muqaddas Xoliqova, Nilufar Usmonovaga atalgan syurpriz, AQShga bora olmaydigan “Million” 

    14.04.2023, 22:54

    “Farhod egizagimdek edi”. Shirin duetni tarqatish fikri qanday paydo bo‘lgani hamda keyingi ijodi haqida (video) 

    14.04.2023, 15:35

    Video: Gollivud yulduzi Arnold Shvarsenegger mahallasidagi “yama”ni o‘z hisobidan ta’mirladi 

    13.04.2023, 19:45

    “Bir obrazda qolib ketishni istamadim”. Nodirbek Hayitov Lo‘li taxallusidan voz kechgani sababi haqida (video)

    13.04.2023, 17:45

    Xonanda Shakira o‘g‘illarini ta’qib qilayotgan jurnalistlardan shikoyat qildi

    13.04.2023, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar reklama orqali daromad topganda soliq to‘laydi

    O‘zbekiston | 12 may, 12:29

    BAAda ajrashish uchun rekord miqdorda tovon puli belgilandi

    Dunyo | 12 may, 12:10

    Mbappe “Real”ning 30 yillik natijasini takrorladi

    Sport | 12 may, 11:47

    O‘zbekistonda nogironligi borlarni ishga qabul qilganlarga 1-iyundan subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:43

    Kongo DRdagi suv toshqinlarida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 12 may, 11:38

    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

    Reklama | 12 may, 10:30

    “Sumerki” yulduzi Teylor Lotner hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    Kino | 12 may, 11:24

    O‘zbekistonda 13-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.