Daryo

O‘zbekistonda banklar ustav kapitalining eng kam miqdori 500 mlrd so‘mgacha oshiriladi

Qonunga ko‘ra, xorijliklar tomonidan bank aksiyalarini olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish29 737 ko‘rishlar0 izoh0

Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun ko‘rib chiqildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qonun bilan banklar ustav kapitali miqdorini 2023-yil 1-sentabrdan boshlab 2025-yilning 1-yanvarigacha bosqichma-bosqich 100 mlrd so‘mdan 500 mlrd so‘mgacha oshirib borish to‘g‘risidagi talablarni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Endilikda banklar ustav kapitalining eng kam miqdori:

  • 2023-yil 1-sentabrdan 200 mlrd so‘mni;
  • 2024-yil 1-apreldan 300 mlrd so‘mni;
  • 2025-yil 1-yanvardan 500 mlrd so‘mni tashkil etishi lozim.

Natija kiritilishi banklarni kapitallashtirish darajasi hamda resurs bazasini oshirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qo‘shimcha huquqiy shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha kredit berish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, qonunga ko‘ra xorijliklar tomonidan bank aksiyalarini olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinmoqda. Xalqaro bozorlarda ommaviy joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish soddalashtirilmoqda.

Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur Qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarish jarayonlarida ishtirok etishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar