Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Chilonzor tumanining ayrim joylarida ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumanning “Xirmon-tepa” MFY hududidan o‘tgan yer usti d-76 millimetrli o‘rta bosim gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu tufayli 1-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

“Xirmon-tepa”, “Kichik xirmon-tepa”, “Katta xirmon-tepa” MFYlarida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 5 306 ta aholi xonadonlarida hamda 14 ta ulgurji isteʼmolchilarida.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda 14 yoshli qizini ayovsiz kaltaklagan otaga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga boradi
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?