Jizzax viloyati Arnasoy tumanida fuqarodan 260 million so‘mdan ziyod qarzdorlik undirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudining 2020-yil 3-avgustdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro B.Abduraximov va F.Abduraximovlardan undiruvchi fuqaro V.Krasilnikov foydasiga 435 million 500 ming so‘m miqdorida qarz undirish bilan bog‘liq ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor fuqarolardan 265 million so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirilib, mazkur ijro hujjati ish yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasi, 1-bandiga asosan taʼminlandi.
Izoh (0)