Kobulda xudkush terrorchi “Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi binosi oldida o‘zini portlatdi. Qurbonlar bor (video)
Afg‘oniston poytaxti Kobulda 27-mart kuni “Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi binosi oldida xudkush terrorchi o‘zini portlatdi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.

“Tolibon” Ichki ishlar vazirligi portlash sodir bo‘lganini tasdiqladi va xudkush-terrorchi nishonga yetmasdan halok bo‘lgani, u bilan birga bo‘lgan moslamalar portlatilganini ma’lum qildi.
Portlash oqibatida olti nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan. Yaradorlar orasida “Tolibon”ning uch nafar kuchlari ham bor. Hodisa nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan. Terrorchi o‘limidan oldin kamarini ishga tushirgan, ammo nishonga yetib bormagan.
Ayrim manbalar Kobuldagi shifoxonaga 12 nafar yarador olib kelingani, portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
-
Afg‘oniston TIV binosi yonidagi portlashda 21 kishi halok bo‘ldi (video)
11 yanvar, 20:06 -
Afg‘oniston TIV binosi oldidagi terakt uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi
12 yanvar, 16:16 -
Afg’onistondagi jurnalistlar tadbirida xudkush terrorchi o‘zini portlatdi. Qurbonlar bor (video, foto)
12 mart, 17:55