• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Hamma uni otasiga taqlid qiladi, deb o‘ylagandi, biroq u o‘z yo‘lini topdi: Bollivud aktyori Tayger Shroff haqida

    Hozirgi kunda Tayger Shroff Bollivuddagi eng mashhur, muvaffaqiyatga erishgan yosh iste’dodli aktyorlardan biri hisoblanadi. Aktyor bu natijaga erishguniga qadar otasining obro‘sidan foydalanmadi, aksincha o‘zi tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘lish uchun harakat qildi.

    Foto: Bollywoodtime

    Tayger Shroff 1990-yilning 2-mart sanasida taniqli hind aktyori Jeki Shroff va uning rafiqasi, model Aisha Shroff oilasida tug‘ilgan. Juftlik farzandiga Jay Hemant Shroff deb ism qo‘ydi, biroq ko‘plab muxlislari uni Tayger laqabi bilan biladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Aktyor intervyularining birida o‘zini Jay emas, Tayger (Tiger — inglizchadan tarjima qilinganda “yo‘lbars” degan ma’noni anglatadi) deb bilishini, chunki unga bolaligidan atrofdagilarni tishlashga moyil bo‘lganligi uchun unga shunday “shafqatsiz” laqab qo‘yilganini aytgan. Taygerning qurbonlaridan biri boshlang‘ich maktabda o‘qiyotgan vaqtda u tishlagan va deyarli haydalishiga sabab bo‘lgan maktab o‘qituvchisi edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Otasining shon-shuhrati yuki u uchun Jeki Shroffning bir qator noto‘g‘ri moliyaviy qarorlari kabi og‘ir edi. Aktyorning onasi suratga olgan film 2002-yilda ekranlarda namoyish etilishidan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi va muvaffaqiyatsiz loyihalardan biriga aylandi. O‘sha paytda Tayger 11 yoshda edi va u nima bo‘layotganini juda yaxshi tushungandi.

    Foto: Bollywoodtime

    “Uydagi mebellarimiz birin-ketin sotilib ketganini eslayman. Yoshligimda atrofimda ko‘rgan narsalarim yo‘qola boshladi. Keyin ular krovatimni sotishdi va men polda uxlay boshladim. Bu hayotimdagi eng yomon tuyg‘u edi”, — deb eslaydi aktyor.

    Foto: Bollywoodtime

    O‘sha yillardagi noaniqlik yosh yigit uchun kuchli turtki bo‘ldi. Bo‘lajak aktyor to‘rt yoshidan jang san’ati, sport, futbol va gimnastika bilan shug‘ullandi. Tayger Bryus Li va Maykl Jeksondan ilhomlandi. Uning qalbining tub-tubida aktyor bo‘lish fikri uyg‘ondi. Aktyorning barcha qarindosh-urug‘lari, do‘stlari uning ota-onasiga: “O‘g‘lingiz ulg‘aysa, yulduz bo‘ladi”, — deb aytgan.

    Foto: “Yandeks.ru” 

    Biroq shunga qaramay, Tayger karyerasidagi boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqdi. U ma’lum muddat futbol bilan shug‘ullandi. Vaqt o‘tishi bilan Tayger Hindistonda bu yo‘nalish rivojlanmaganini tushundi va maktabni tugatgandan so‘ng, u filmdagi debyut roliga tayyorgarlik ko‘rish bilan band bo‘ldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Deyarli uch yil davomida u o‘z ustida ishladi, jang san’ati bilan shug‘ullandi, aktyorlik mahoratini oshirdi va raqsga tushishni o‘rgandi.

    Foto: “Yandeks.ru” 

    Shuni ta’kidlash kerakki, Shroff boshqa narsalar qatorida, yana bir ajoyib iste’dodga ega — u ajoyib rassom va rasmlarni mahorat bilan chizadi. Tayger vegetarian, ammo tuxum iste’mol qiladi. U sog‘lom turmush tarzini olib boradi, ichmaydi, chekmaydi, parhezga rioya qiladi va gimnastika bilan shugullanadi, shu bilan birga aktyor taekvondo bo‘yicha 5-darajali qora kamar sohibi ham hisoblanadi.

    Foto: “Yandeks.ru” 

    Tayger Shroff o‘zining debyutini 2014-yilda “Sevish huquqi” filmida o‘tkazdi, kinokartina nafaqat kassada yaxshi natijalarga erishdi, balki unga “Yilning eng yaxshi debyuti” nominatsiyasida eng nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi. Ko‘plab muxlislar Tayger taniqli otasiga taqlid qilishga harakat qiladi, deb fikr yuritadi, ammo aktyor hind kino olamida o‘z o‘rnini egallashga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks.ru” 

    “Men Jeki Shroffning o‘g‘li ekanimdan mamnunman. Ammo bu menga katta bosim o‘tkazadi. Insonlar meni Jeki Shroffning o‘g‘li deb atashlarini xohlamayman. Buning o‘rniga uni Taygerning otasi sifatida bilishlarini istayman. Ha, menda katta ego bor”, — deydi aktyor.  

    Foto: “Yandeks.ru“ 

    Tez orada yosh aktyor ekshen-filmlarning asosiy yulduziga aylanadi. Kino sanoatda juda kam aktyorlar Taygerning tryuklarini bajara oladi.

    Foto: “Yandeks.ru“ 

    “Tomoshabinlarim tajribalarimni yaxshi qabul qilishmaydi. Ular meni faqat “Sevgi huquqi”, “Isyonchi”, “Jang”  franshizalari qahramoni sifatida qabul qiladi. “Yil talabasi 2” melodramasi chiqqanida kollej talabalari meni haqorat qildi. Muxlislarim bu rolni qadrlamadi. Demak, men franshizalar qahramoniman”, — deydi aktyor.

    Foto: “Yandeks.ru“ 

    Mish-mishlarga ko‘ra, Tayger Shroff ma’lum bir muddat supermodel Anjela Jonson bilan uchrashgan. Keyinchalik u aktrisa Disha Patani bilan munosabatda bo‘lgan. Biroq juftlik har doim juda yaxshi do‘stlar ekanini aytadi.

    Foto: “Yandeks.ru” 

    Taygerning o‘tgan yili chiqqan so‘nggi filmi “Sevish huquqi 2” salbiy izohlarga sabab bo‘ldi va kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, biroq aktyor hozir birdaniga uchta film ustida ishlamoqda va katta ekranga xit darajasiga chiquvchi filmlar bilan qaytishga umid qilmoqda.

    Foto: “Yandeks.ru”
    14.02.2023, 15:54   Izoh (0)   10464
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sardor” seriali tufayli bir kunda mashhurlikka erishgan aktrisa Nigora Karimboyeva shaxsiy hayoti va mish-mishlar haqida  

    14.02.2023, 14:00

    Turk aktyorlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen zilzila jabrdiydalari uchun 41 ming dollar yig‘di

    13.02.2023, 19:41

    “O‘zimni bir necha marta poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘lganman”. O‘zbekistonlik san’atkorlar tushkun kayfiyat va depressiyani qanday yenggani haqida 

    13.02.2023, 18:21

    “Uzoqqa kelin bo‘lib onamni kuydirganman. Ular to‘yimga borishni istamagan”. Sayyora Qoziyeva oilasi va hayotdagi armonlari haqida (video) 

    13.02.2023, 12:53

    “Avatar 2: Suv yo‘li” filmi qanday suratga olinganini aks ettiruvchi qiziqarli suratlar

    12.02.2023, 12:10

    Instagram: Ra’no Shodiyeva xonadonidagi quvonchli kun, Umrani ado etayotgan san’atkorlar, Jahongir Otajonovdan yangi klip

    11.02.2023, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.