• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Muvaffaqiyatli hayot yo‘lini zamonaviy Zolushka ertagi deb atash mumkin bo‘lgan mashhur xonanda — Merayya Keri haqida 20 ta fakt

    Bugun barchamiz Merayya Kerini beqiyos vokallari va betakror qo‘shiqlari tufayli bilamiz. Biroq ko‘plab mukofotlar, shu jumladan 5 ta “Gremmi” mukofoti sohibasi bunday muvaffaqiyatga qanday erishgani, qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani haqida ko‘pchilik bilmaydi.

    Foto: AdMe

    Merayya Keri sobiq opera xonandasi Patrisiya Xikki hamda afro-amerikalik va venesuelalik muhandis Alfred Roy Keri oilasida tug‘ilgan. Merayya ularning uchinchi, kenja farzandi edi. Qizning ismi “Oltin Kaliforniya” musiqiy filmidagi “Ular shamolni Merayya deb atashadi” (They Call the Wind Maria) qo‘shig‘i sharafiga berilgan.

    Tez orada ota-onasi ajrashishadi. Shundan so‘ng Merayya otasi bilan deyarli aloqa qilmaydi, onasi esa bolalarini boqish uchun uchta joyda ishlaydi. Merayya boshlang‘ich maktabda bo‘lganida ham, ko‘pchilik qizning adabiyot va musiqaga moyilligini va o‘rta maktabda u allaqachon she'r yozishni boshlaganini payqashadi.

    Merayya onasi va otasi bilan
    Foto: AdMe

    Onasi qiziga vokal o‘rgatishni boshlaydi, lekin hech qachon unga opera qo‘shiqchisi bo‘lishi kerakligini aytmaydi, chunki Merayyaning so‘zlariga ko‘ra, “u qattiqqo‘l ona emasdi”. Kerining o‘zi bir necha bor opera uning karyerasini ko‘tarishga ta'sir qilmaganini aytadi. Bir kuni onasi qiziga shunday degan: “Sen men kabi qo‘shiqchilarning kamida yarmidek bo‘lishingga umid qilishing mumkin”. Merayya tez-tez maktabdagi darslarni qoldirgan, chunki u ovoz yozish studiyasiga borardi. Shunday qilib, sinfdoshlari unga Miraj laqabini berishdi.

    O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Keri Manhettendagi 2 xonali kvartiraga ko‘chib o‘tadi, u yerda go‘zallik maktabi kurslariga boradi va bir muddat ofitsiant ham bo‘lib ishladi — keyinchalik o‘zi tan olganidek, u “dunyodagi eng yomon ofitsiant” bo‘lgan.

    Foto: AdMe

    1988-yilda qiz 19 yoshligida, u Columbia Records rahbari Tommi Mottola bilan bir tadbirda tanishib qoladi va unga o‘zining demolari yozilgan kassetani sovg‘a qiladi. Uyga ketayotib, qo‘shiqlarni tinglagan Mottola darhol haydovchidan orqaga qaytishni so‘raydi, lekin qo‘shiqchi bu vaqtga qadar tadbirdan chiqib ketgandi. Mottola 2 hafta davomida Kerini qidiradi, keyin ular shartnoma imzolaydilar va 1-albomni chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishadi. 1990-yil 5-iyunda qiz birinchi marta qo‘shiq kuylab, omma oldida paydo bo‘ladi.

    Foto: AdMe

    Merayya Kerining debyut albomi 1990-yilda chiqadi va 11 hafta davomida Billboard 200 ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi. 1991-yilda “Gremmi” mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi, unda qo‘shiqchi “Eng yaxshi yangi ijrochi” va “Eng yaxshi ayol pop-vokal ijrosi” nominatsiyalarida 2 ta mukofotga sazovor bo‘ladi. Shu bilan birga, Keri tijorat muvaffaqiyatiga erisha olmagan, ammo musiqiy ufqda iz qoldirgan 2-albomni chiqaradi. 1990-yillarning o‘rtalarida xonanda minnatdorlik sifatida onasiga uy sovg‘a qiladi.

    Foto: AdMe

    1993-yilda Merayya Tommi Mottolaga turmushga chiqadi, u birinchi albomni yozish paytidayoq uchrasha boshlashgandi. Biroq asta-sekin ularning munosabatlari yomonlasha boshlaydi. Xonandaning ta‘kidlashicha, eri uning butun hayotini boshqarishni istagan: “U mendan ancha katta bo‘lib, meni ko‘pchilikdan uzoqlashtirishga qodir edi. Men bu asirlikdan hech qachon qutulolmayman deb o‘ylagandim”. 3 yillik turmushdan keyin ular ajralishga qaror qilishadi. Merayyaning aytishicha, nikohining buzilishi u uchun ozodlik bo‘lib, uni yangi hayot deb bilgan. Keyinchalik u qo‘shiqchi Luis Migel bilan 1998-yildan 2001-yilgacha uchrashib yurgan.

    Foto: AdMe

    Shu bilan birga, Keri o‘z ijodida agar pop musiqasini to‘liq rad etmasa, hech bo‘lmaganda qisman qo‘shiqlarida hip-hop va R&B elementlaridan foydalana boshlaydi. 1999-yilda xonanda o‘zining 7-diski (“Kamalak”)ni chiqaradi, u o‘sha paytda sotuvning birinchi haftasidayoq xonandaning eng ko‘p sotilgan albomiga aylanadi. Shu bilan birga, Keri Billboard versiyasiga ko‘ra o‘n yillikning eng yaxshi qo‘shiqchisi deb tan olinadi va 2000-yilda World Music Award mukofotini topshirish marosimida u “Mingyillikning eng kassabop xonandasi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    2001-yilda Keri sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechira boshladi, u asabiy tushkunlik tufayli kasalxonaga yotqizildi. Shu bilan birga, Merayyaga bipolyar buzilish tashxisi qo‘yilgan, ammo u buni 17 yildan keyingina tan oladi.

    Foto: AdMe

    Keri 2 hafta davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi, keyinchalik esa uzoq vaqt omma oldida ko‘rinmaydi. 2002-yilda u “Ayollar mantig‘i” filmida rol o‘ynaydi, filmdagi xonandaning ijrosi barchada katta taassurot qoldiradi. Shu bilan birga, uning 9-chi Charmbracelet albomi chiqadi — tanqidchilar uni xonanda karyerasidagi eng yomon albom deb atashgan.

    Keyingi “Mimining ozodligi” albomi ham jamoatchilik, ham tanqidchilarning sevgisi va e'tirofiga sazovor bo‘ladi. Ko‘pchilik, nihoyat, qo‘shiqchi avvalgi holatiga qaytganini aytishadi. Keyinchalik u musiqa yozishni va filmlarda o‘ynashni davom ettiradi, xususan, “Tennessi”, “Zohan bilan hazillashmang” filmlarida ishtirok etadi, “Xazina” filmidagi ijrosi mukammal deb tan olinadi.

    Foto: AdMe

    2008-yilda qo‘shiqchi “Bye Bye” qo‘shig‘iga klip olish paytida aktyor va musiqachi Nik Kannon bilan tanishadi, keyinchalik unga turmushga chiqadi. 2011-yilda xonanda egizak farzandlarni dunyoga keltiradi: qizi Monro va o‘g‘li Marokkano Skott. Intervyulardan birida Keridan turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtasidagi 11 yosh farq haqida so‘rashganda, u “Yosh bu — shunchaki raqam” deb javob beradi. Biroq 2014-yilda oila buziladi va ajralish jarayoni 2016-yilda yakunlanadi.

    Foto: AdMe

    2012-yil mart oyida Keri farzandlari tug‘ilgandan beri birinchi marta omma oldida chiqish qiladi, filmlarda rol o‘ynashda va qo‘shiq yozishda davom etadi. 2015-yilda u hatto o‘zini rejissor sifatida sinab ko‘radi — o‘zi bosh rolni o‘ynagan “Rojdestvo ohangi” filmini suratga oladi. Shu bilan birga, rassom o‘zining yangi shousini e'lon qilad. 2016-yilda xonanda haqida hujjatli film chiqadi. “Menimcha, bu mening aslimni ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat, chunki eng sodiq muxlislarim ham men haqimda to‘g‘ri tasavvurga ega emaslar”.

    2015-yilda Merayya milliarder Jeyms Paker bilan uchrashishni boshlaydi. Yanvarda ular o‘zlarining unashtirilganliklarini e'lon qilishadi, ammo keyin uni bekor qilishadi. 2016-yilda Keri xoreograf Brayan Tanaka bilan munosabatlarni boshlaydi va hozirgacha ular birga.

    Foto: AdMe

    Faoliyatining dastlabki yillarida Keri sahnaga chiqishdan qo‘rqadi. Xonanda qo‘shiqlarni ijro etish paytida shunchaki sahnada turishni afzal ko‘rishi bilan mashhur. Ba'zi tanqidchilar buni o‘ziga ishonchi yo‘qligi bilan bog‘lashsa, boshqalari esa shu tarzda u vokalga e'tibor qaratadi, deb aytishadi.

    Qo‘shiqchining aytishicha, kompozitsiyalarining aksariyati avtobiografik xarakterga ega. Keri uchun vokal uni ilhomlantirgan his-tuyg‘ular emas, balki professionallikdir.

    Foto: AdMe

    Keri juda ko‘p mukofotlarni qo‘lga kiritadi, jumladan 5 ta “Gremmi”. Merayya 2015-yilda Gollivud Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduz ga ega bo‘ladi. Uning Merry Christmas albomi 15 million nusxadan ko‘proq sotilgan va bu barcha davrlarning eng ko‘p sotilgan Rojdestvo albomiga aylandi. All I Want for Christmas Is You qo‘shig‘i esa Ginnesning rekordlar kitobiga uch marta kirgan. U Maykl Jekson va Elvis Preslidan ko‘ra ko‘proq xit qo‘shiqlarga ega.

    Merayya Kerining juda hashamatli turmush tarzini olib boradigan bir nechta itlari bor. Xonanda ularni kurort muolajalari bilan erkalaydi, aviakompaniya cheklovlaridan qochish uchun ular bilan shaxsiy samolyotida sayohat qiladi va tez-tez o‘zi bilan ta'tilga olib boradi.

    Foto: AdMe

    Merayya bir kun kelib boy va mashhur bo‘lishini o‘ziga qayta-qayta aytgan paytini aniq eslaydi: “Men 5-6 yoshda edim. Opam bilan supermarket parkovkasida onamning eski mashinasi oynasidan badavlat odamlarga qarab o‘tirardim. Keyin men albatta, yulduz bo‘laman va eng yaxshi narsalarni sotib olaman, dedim”.

    Shuningdek, xonanda o‘z intervyularidan birida hech qachon taslim bo‘lmaslik kerakligini, agar inson o‘ziga ishonsa va nima istayotganini bilsa, albatta o‘zi xohlagan narsaga erishishini aytadi.

    Foto: AdMe
    13.02.2023, 17:02   Izoh (0)   6288
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Cheburashka” filmining sahna orti jarayonlari haqida 10 ta qiziqarli fakt 

    10.02.2023, 09:30

    Priyanka Chopra, Jiji Hadid va o‘zining noodatiy obrazlari bilan muxlislarini hayratda qoldirgan boshqa mashhurlar (foto)

    10.02.2023, 16:57

    Sochingizni uy sharoitida hech qanday uskunalarsiz jingalak qilishning 9 ta sinalgan usuli

    13.02.2023, 13:39

    Pichoq otish, kubik-rubik terish, olov yutish: mashhurlarning siz bilmagan yashirin iste’dodlari (foto)

    11.02.2023, 19:55

    Eski kiyimlardan yaratishingiz mumkin boʻlgan 8 ta bejirim narsa (foto)

    09.02.2023, 13:05

    Jeyk Jillenxol, Oliviya Uayld va katta merosga ega bo‘lgan boshqa Gollivud yulduzlari (foto)

    08.02.2023, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.