Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik koʻrsatgan 19 yoshli yigit olib ketildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari tomonidan fuqaro olib ketilayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Boshqarma axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 5-fevral kuni 2004-yilda tugʻilgan J.M. Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi oldida IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik koʻrsatgan. 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan J.M.ga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun aholiga 1-2 gektardan yer beriladi
Kino
“Qo‘zilar sukunati”, “Shindler ro‘yxati” va “Yomg‘ir odam”: qachonlardir “Oskar”ga munosib ko‘rilgan eng esda qolarli 10 ta film
Mahalliy
O‘zbekistonda tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri 130 mln dollar ajratiladi