Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni kamida 7 726 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi CNN.

Foto: AP Photo

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay mamlakatdagi zilzila oqibatida hozirgacha kamida 5 894 kishi halok bo‘lganini, 34 810 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ofat joyida 16 139 ta guruh qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

70 dan ortiq davlat, jumladan, O‘zbekiston qutqaruv guruhlari va boshqa ko‘rinishdagi yordamni yubordi.

Suriya davlat axborot agentligi SANA xabar berishicha, hukumat nazoratidagi Aleppo, Latakiya, Xama, Idlib va ​​Tartus viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 812 kishi halok bo‘lgan.

CNN maʼlumotlariga koʻra, Suriyada kamida 1 832 kishi halok boʻlgan, 3 894 kishi yaralangan.

Shu bilan birga, qurbonlar haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanmoqda.

Turkiyada so‘nggi 80 yil ichida mamlakat uchun eng katta vayronagarchilikka aylangan zilzila 6-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. 7,4 magnitudali zilzila epimarkazi Gaziantep shahridan 26 km uzoqlikda joylashgan. Yer silkinishlari yana bir qancha viloyatlarda, shuningdek, Suriya va Livanda ham sezilgan. Shu kuni Turkiya va yana 6 davlatda qator yangi zilzilalar qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi