Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2022-yil yakuniga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi 888,3 trln so‘mni tashkil qildi. “Daryo” so‘nggi o‘n yillikdagi YIM o‘sish sur’atlariga e’tibor qaratdi. 

Mazkur davrdagi ko‘rsatkichlarga qaralsa, O‘zbekiston YIM hajmi 791,8 trln so‘mga ko‘payganini ko‘rish mumkin.

2022-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha YIMning shakllanishida Toshkent shahri 16,6 foiz ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. 

Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,5 foiz va 7,5 foiz ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. O‘zbekiston YIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2 foiz) va Jizzax (3,1 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

2020-yilda pandemiya sababli YIM o‘sish ko‘rsatkichi 1,6 foizni tashkil qilgandi. Qolgan yillarda esa o‘sish ko‘rsatkichi doimiy tarzda 5 foizdan yuqori bo‘lgan.

2023-yil oxiriga kelib YIM hajmi 5,3 foizga o‘sishi kutilmoqda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Iqtisodiyot
Shayxontohurda eng yuqori: Toshkentda uylarning ijara narxlari ketma-ket ikkinchi oy pasaydi
Mahalliy
O‘zbekistonda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati kengaytirildi