Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘ydi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi shaxs bilan Namangan viloyatining Pop tumani hududiga yashirib ketilgan 1 kilogramm 841 gramm gashish moddasini qabul qilib olgani aniqlangan.
Ushbu shaxslar yo‘lovchi avtomashinada Oltiariq tumanida harakatlanayotgan vaqtlarida DXX xodimlari tomonidan ushlangan.
Boshqa bir holatda esa Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro Qirg‘izistondan olib kelingan 964 gramm gashish moddasini 8 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
[telegram_embed_post link="'https://t.me/uzauz/3782"]
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)