Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonlik milliarder Gautam Adani o‘zining Adani Group konglomerati qiymatining keskin pasayishi tufayli dunyoning eng badavlat odamlari reytingida 4-o‘rindan 11-o‘ringa tushib ketdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch kunlik savdolar davomida tadbirkor 34 milliard dollar yo‘qotgan, hozirda uning boyligi 84,4 milliard dollarga baholanmoqda.

Bloomberg’ning qayd etishicha, Adani hamon Osiyodagi eng boy odam.

Biroq Adani Group qiymatining pasayishi davom etsa, uni boshqa hindistonlik milliarder, raqib Reliance Industries rahbari Mukesh Ambani ortda qoldirishi mumkin.

Adani Group Hindistondagi eng yirik biznes guruhlardan biri bo‘lib, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy hayotga ta’sir ko‘rsatadi.

Konglomerat Janubiy Osiyo mamlakatining energetika, qishloq xo‘jaligi va mudofaa sanoatida yetakchi o‘rinni egallaydi.

24-yanvar kuni Amerikaning Hindenburg Research tadqiqot va savdo kompaniyasi Adanini “o‘nlab yillar davomida qimmatli qog‘ozlar va buxgalteriya hisobidagi firibgarlik”da aybladi. Natijada Adani Group o‘tgan haftada 71 milliard dollar yo‘qotdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukraina Qrimni qaytarishga urinsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkin” — Medvedev
Sport
“Navbahor”ga qarshi o‘yinda “Paxtakor” darvozasi tomon ikkita penalti belgilagan Vadim Agishev 6 ta o‘yinga chetlatildi 
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda aholining internetdan foydalanish imkoni ikki barobar ko‘paydi