Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chexiyadagi prezidentlik saylovlarida iste’fodagi general, NATO harbiy qo‘mitasining sobiq raisi Pyotr Pavel g‘alaba qozondi

Saylovning ikkinchi bosqichida 61 yoshli general o‘z raqibi, sobiq bosh vazir Andrey Babishni mag‘lub etdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, Pavel 58 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan. Saylovda ovoz berish huquqiga ega aholining qariyb 70 foizi ishtirok etgan.

Pyotr Pavel prezidentlik saylovida birinchi marta qatnashayotgan edi. U mustaqil nomzod sifatida saylovoldi tashviqotini olib bordi va Chexiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Kampaniya davomida Pavel NATO va Yevropa Ittifoqini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u Ukrainaga yordam berish tarafdori ekanligini aytdi.

Chexiyada respublika prezidenti asosan rasmiy tantanali funksiyalarni bajaradi, lekin u bosh vazir va markaziy bank rahbarini ham tayinlaydi, shuningdek, hukumatga siyosiy masalalarda bosim o‘tkazishi mumkin.

Pyotr Pavel 9-mart kuni o‘z lavozimiga kirishadi va saylovda Andrey Babish nomzodini qo‘llab-quvvatlagan Milosh Zemanning o‘rniga prezident bo‘ladi.

2013-yil martdan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Chexiyaning amaldagi prezidenti Milosh Zeman Xitoy bilan, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan avval ham Moskva bilan yaqinroq aloqalar o‘rnatish tarafdori edi. Pyotr Pavelning prezident etib saylanishi Chexiya siyosatida “keskin o‘zgarishlardan dalolat beradi”, deb yozmoqda Reuters.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 64 yoshli shifokor bemorning eri tomonidan kaltaklandi 
Mahalliy
Toshkentdagi plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in chiqdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi