Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 25-yanvar kuni 30 yoshli erkak ammasi va jiyanini o‘ldirdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, soat 18:30 da erkak ammasining yashash uyida kredit qarzdorligini to‘lash uchun qarzga pul so‘ragan va ammasidan rad javobini olgan.

Rad javobidan jahli chiqqan erkak pul mablag‘larini qo‘lga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyanini xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. 

Shundan so‘ng u xonadonda bo‘lgan 7 million so‘m pulni qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda aprel oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Mahalliy
Parkent qishloqlarida sel kuzatilgani to‘g‘risidagi videolar o‘tgan yilgi bo‘lib chiqdi
Mahalliy
Rossiya—Ukraina urushining O‘zbekistonga iqtisodiy taʼsirini pasaytirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani aytildi