Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududini tark etsagina, Ukrainadagi urush tugaydi, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
“Sizga shuni aniq ayta olamanki, agar ular bizning hududimizni tark etsa, urush to‘xtaydi. Hammasi shu”, — dedi u.
Zelenskiy, shuningdek, uning uchun odamlar hayoti birinchi o‘rinda turishini va “Rossiya hududida jang olib borishni” istamasligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv mojaroni hal qilishga yordam beradimi, degan savolga u “bunga qiziqayotganim yo‘q” deb javob berdi. “Uchrashishning ham, gaplashishning ham qizig‘i yo‘q... Rossiyada qarorlarni kim qabul qilishini chindan ham tushunmayman”, — dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda janglar yanada kuchliroq kechgan, shu sabab Ukraina kuchlari uchun mudofaa qudratiga ega bo‘lish nihoyatda muhim. U tank yetkazib berish qarori uchun AQSH, Buyuk Britaniya va Germaniyaga minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)