• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Mehridaryo

    “Saraton hukm emas” — 10 yil avval oʻgʻli suyak saratoniga chalingan ona Oʻzbekistondagi ilk onkologik xospisni tashkil etgani haqida (video)

    Xospis — bedavo dardga chalingan bolalarga soʻnggi nafaslarigacha mehr, eʼtibor, parvarishda yashashga koʻmaklashadigan maskan. U yerga joylashish mutlaqo bepul, bolalarning barcha ehtiyojlari davlat va xayriya fondi vakillari tomonidan taʼminlanadi.

    Dunyodagi ilk xospis 1967-yili britaniyalik faol Siseli Sonders boshchiligida tashkil etilgan. U bemor insonlar ortiqcha azob-uqubatlarsiz bu dunyoni tark etishi uchun “Sent xospis”ini tashkil etgan. Umidsizlikka tushgan bemorlar sevimli mashgʻulotlari bilan shugʻullanib, qolgan umrlarini mazmunli oʻtkazishgan.

    2022-yilda Oʻzbekistonda onkologik kasal bemorlar uchun ilk bolalar xospisi tashkil etilgan. “Daryo” muxbirlari ish boshlaganiga koʻp boʻlmagan xospis faoliyati bilan tanishib, “Ezgu amal” fondi rahbari Munira Xoʻjaxonova bilan suhbatda boʻldi.

    — Toʻrt yildan buyon onkologik kasallikka chalingan bolalar va ularning oilalari uchun yordam koʻrsatib kelyapmiz. Onkologik kasallikka chalingan bemorlar toʻrtinchi darajadan keyin hayotdan koʻz yumadi. Bolada onkologik xastalikning aniqlanishi, ota-ona uchun juda ogʻir. Nafaqat bemor balki uning oilasi ham ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Ularga nafaqat tibbiy, balki ruhiy madad berish ham muhim ahamiyatga ega. Ming afsuski, bolada kasallik aniqlangach, ota-onaning ajrashib ketishi va koʻp hollarda bunga onani aybdor qilinishi tez-tez uchrab turadi. 

    “Farzandim koʻz oldimda soʻnib boryapti. Unga hech qanday yordam berolmayapman”, degan murojaatlardan soʻng xospis tashkil etishga qaror qildik. Chunki onkologik kasallik maʼlum darajaga yetganida bemorlarni davolash toʻxtatiladi. “Oʻlimni kutish” jarayoni oila aʼzolarni yanada tushkun holatga solib qoʻyadi.

    Bemor bolajonlarga pozitiv kayfiyat ulashadigan va ularning ota-onalariga ruhiy madad beradigan xospis tashkil etish gʻoyasi paydo boʻlganidan keyin Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qildik. Prezidentimiz qorori bilan “Zangiota – 2” tibbiyot majmuasida alohida bino ajratib berildi. 

    Fond homiylari oddiy xalq. Davlat tomonidagn berilgan binoni bola ruhiyatiga moslab jihozlash, kerakli shart-sharoitlarni yaratishda ularning koʻmagi juda katta boʻldi. 
    Bu bolajonlar uzoq muddat kasalxonalarda davolanib, charchagan. Xospis kasalxonaga emas, uyga oʻxshashi, uning yonida oila aʼzolari ham yashashiga sharoit yaratishimiz kerak edi, — deydi fond boshqaruv raisi Munira Xoʻjaxonova.

    Har yili O‘zbekistonda mingga yaqin bolalarda onkologik kasallik aniqlanadi. Kasallik qancha erta aniqlansa, uni davolash imkoniyati ham shuncha yuqori bo‘ladi.  Bugungi kunda yurtimizda taxminan 4 000 dan ortiq bolalar onkologik kasallik bo‘yicha davolanmoqda. 

    Kamol Iskandarov, Bolalar milliy tibbiyor markazi bolalar onkologi

    Odilbek Toshqulov onasi bilan birga xospisda yashamoqda. Nazira Hayitova yolgʻiz farzandining kasallikka chalinishi va bugungi ahvoli haqida gapirdi.

    — Oʻgʻlim 2013-yil 2-fevralda sogʻ-salomat dunyoga kelgan. Olti yarim yoshga qadar sogʻligʻidan shikoyat qilmagan, rus bogʻchaga borardi. Unda chayqalish holatlari paydo boʻlganidan keyin Toshkentga olib kelib, shifokorlarga koʻrsatganmiz. Ular bolamning orqa miyasida oʻsimta borligini aniqlashdi. Toʻrt yarim soatlik operatsiyadan soʻng bir oyga yaqin kasalxonada yotib davolandik. Neyroxirurgiyadan shahar onkologiyasiga yoʻllanma berishdi.

    Kasallik toʻrtinchi darajaga yetgani uchun nur va kimyo-turapiya olishni boshladi. Deyarli 4 yildan buyon davolanib kelyapmiz. Onkolog shifokorlar kasallik ruhiyat bilan ham bogʻliq ekanini aytib, xospisga yoʻllanma berishdi, — deydi bemorning onasi.

    Fond boshqaruv raisi Munira Xoʻjaxonova 10 yil avval oʻgʻlining suyak saratoniga chalingani va bu qiyinchilikdan xayriya fondi tashkil etishga turtki boʻlgani haqida soʻzlab berdi. 

    — Oʻgʻlimda saraton xastaligi aniqlangach, Oʻzbekistondagi tekshiruvlar qoniqarli emasligiga amin boʻlganman. Bundan tashqari, odamlarning bu kasallikka boʻlgan qarashlarini ham oʻzgartirish kerakligiga amin boʻlganman. Oʻsha paytda koʻplab onkolog shifokorlardan “Hammasi peshonadan, vaqt koʻrsatadi”, degan gaplarni eshitib, tushkunlikka tushib qolgandim. Moskvalik shifokorlar esa “Hammasi yaxshi boʻladi, oʻgʻling bir yilda oyoqqa turib ketadi”, deb taskin berishdi. Nogironlik aravachasida Moskvaga borgan farzandim oʻz oyogʻida Toshkentga qaytib kelishiga ishondim. “Saraton hukm emas, uning davosi bor”, degan gapni ota-onalarga aytib ruhiy madad berishga harakat qilaman. Afsuski, chet elda ham bu xastalikka chalingan bolajonlar juda koʻp. Ammo ularning ota-onasi ruhiy tushkunlikka tushishmaydi, aksincha kasallikni ertaroq darajada aniqlab, uni davolatishga harakat qiladi. 
    Moskvada bir yilga yaqin yashab, oʻgʻlimni davolatganmiz. Guvoh boʻlganmanki, bemorlarga nafaqat davlat koʻmagi, balki xayriya fondlari ham yordam berishini koʻrib havasim kelgan. Chunki oʻzimiz ham bir muddat moliyaviy jihatdan tang ahvolga tushib qolganmiz. Fondga murojaat qilganimizda ular boshqa mamlakat fuqorosi boʻlishimizga qaramay bizga yordam qoʻlini choʻzgan, — deydi fond boshqaruv raisi Munira Xoʻjaxonova.

    Xospis — kasalxona emas, u mehr maskani. Dori-darmon, kimyo-terapiya va nurdan charchagan bolajonlar mehr bilan parvarishlanadi. Begʻubor bolajonlarning samimiy tabassumini koʻrib, haqiqat yolgʻonga aylanishini chin dildan istaysiz. Chunki ular hali hayot zavqini tuyushga ulgurmadi. Dard bergan yaratganga, uning davosini berish ham oson. Ilohim, koʻzmunchoqlar sogʻayib, ota-onasi bagʻriga qaytsin.

    Videoni to‘liq holda tomosha qiling:

    26.01.2023, 11:47   Izoh (0)   6464
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “5 ta o‘t o‘chirish mashinasi kelib, bitta uyning olovini o‘chirolmadi” 

    16.01.2023, 21:33

    “5 ta o‘t o‘chirish mashinasi kelib, bitta uyning olovini ham o‘chirolmadi” 

    16.01.2023, 21:02

    Oqqon xastaligi bilan kurashayotgan 8 yoshli Elbek yaxshilar ko'magiga muhtoj

    13.01.2023, 10:47

    Ichak osilishi va ichak infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan Zuxra Isakova yordamingizga muhtoj

    17.11.2022, 16:48

    “Rangi sarg‘ayib, qorinchasi shishib ketyapti. Jigar sirrozi boshlanyapti”. Bir yoshli Mardonbek saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj

    28.10.2022, 15:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Korzinka’da – iyul oyi oxirigacha barra mol go‘shtiga 12% gacha chegirmalar va unumli narxlar!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekistonda suyak bo‘g‘im kasalliklarining yechimi topildimi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    AKFA Group “INNOPROM 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    TBC Bank O‘zbekistondagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda: viloyatlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30

    Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 21:15

    Tramp Xitoy bilan muzokarada katta yutuqlarga erishilgani haqida bayonot berdi

    Dunyo | 11 may, 20:56

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.