Daryo

Twitter’da reklamasiz yanada qimmatroq obunalar paydo bo‘lishi kutilmoqda

Ilon Maskka ko‘ra, hozir Twitter’da reklamalar juda ko‘p va ular tez-tez uchraydi

1 daqiqa o‘qish20 592 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilarni reklamadan qutqaradigan yangi obuna paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Ilon Mask o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Ta’kidlanishicha, bu obuna hozirgi obunadan qimmatroq bo‘ladi.

“Sizga reklamalarni olib tashlash imkonini beruvchi qimmatroq obuna taqdim etiladi”, — deb yozgan Mask.

Unga ko‘ra, hozirda Twitter’da reklamalar juda ko‘p va tez-tez uchraydi.

Noyabr oyi boshida Twitter dasturining yangilangan versiyasida ko‘k verifikatsiya belgisini sotib olish imkoniyati haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu Mask kompaniyani sotib olgandan keyin taklif qilgan birinchi yangilikdir.

11-noyabrda esa ijtimoiy tarmoq Twitter Blue premium-obuna foydalanuvchilarining akkauntlari haqiqiyligini bildiruvchi ko‘k “galochka”larni oyiga sakkiz dollar evaziga sotishdan voz kechdi. Bunga sabab esa ularni soxta akkauntlar sotib ola boshlagani bo‘ldi.

13-dekabrdan Twitter ijtimoiy tarmog‘ida akkauntlarga verifikatsiya belgisini (ko‘k “galochka”) olish imkonini beruvchi Twitter Blue obunasining sotuvi qayta boshlandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar