Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida 2023-yilda viloyatda bajarilishi rejalashtirilgan uchta eng muhim vazifa haqida gapirdi.
Zoir Mirzayevning aytishicha, hududda har bir fuqaro bilan ishlash tizimi joriy etilmoqda.
“Kelasi yili ichimlik suvi va yo‘l masalasi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Buning uchun bir trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.
Ikkinchi yo‘nalish aholi muammolari bo‘yicha tizimli ishlashdan iborat. Ilgari biz mahallabay, ko‘chabay va xonadonbay ishladik. Endi fuqarobay ishlab, fuqarolarning dardini ko‘tarib, ularga yordam beradigan tizimni Oqqo‘rg‘on tajribasi sifatida boshlaganmiz. Buni oxiriga yetkazamiz.
Uchinchi yo‘nalish ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini qamrab oladi. Tibbiyot masalalari eng ko‘p hududlardan biri Toshkent viloyati bo‘lsa kerak. Shunga ustuvorlik beriladi. Ta’limda esa vazifamiz aniq. Bu yil nomi ham ta’lim bilan bog‘liq bo‘ldi. E’tibor o‘z-o‘zidan kelib chiqadi”, — dedi viloyat hokimi.
Izoh (0)