Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Multimilliarder Ilon Mask elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining 3,58 milliard dollar qiymatidagi yana 22 million dona aksiyasini sotdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

AQSH moliyaviy regulyatoriga berilgan arizaga ko‘ra, aksiyalar shu haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari sotilgan. Ular nima sababdan sotuvga chiqarilgani ma’lum qilinmadi.

SEC ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, bitta aksiyaning narxi 156-176 dollarni tashkil qilgan.

Bu yil davomida Mask tomonidan sotilgan Tesla aksiyalarining umumiy hajmini deyarli 40 milliard dollarga yetkazdi.

Moliyaviy bozor ma’lumotlari provayderi Refinitiv ma’lumotlariga ko‘ra, Mask hali ham 13,4 foiz ulush bilan Teslaning eng yirik aksiyadori bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq noyabr oyi boshida Ilon Mask 3,9 milliard dollarlik 19 million dona aksiya sotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi