Daryo

Xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ketishi oqibatida Twitter’da uzilishlar ro‘y beradi — Bloomberg

Twitter mingdan ortiq mikroservislarga ega tizim bo‘lib, doimiy sozlash va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladi

1 daqiqa o‘qish11 538 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Ilon Mask kompaniyani sotib olganidan so‘ng Twitter xodimlarining uni ommaviy tark etishi platformani xakerlik va nosozliklarga qarshi himoyasiz qoldiradi. Bu haqda ekspertlar prognozlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Ma’lumotlarga ko‘ra, Twitter faoliyatini saqlab qolish uchun muhim bo‘lgan bir nechta jamoalar butunlay ishdan bo‘shatilgan. Hozirda muhandislar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Bu asosiy kanalning ishlashini ta’minlaydigan va ma’lumotlar bazalarini saqlaydigan infratuzilma guruhini o‘z ichiga oladi.

Mask Twitter’ga kelganidan beri kompaniya 7 500 nafar xodimining 50 foizini ishdan bo‘shatdi. Shundan so‘ng Mask qolgan ultimatumni — 17-noyabrgacha qaror qabul qilishni talab qildi — ketish yoki “hardkor” rejimda ishlashga rozi bo‘lish.

O‘shandan beri kamida 1 200 nafar to‘liq vaqtda ishlaydigan xodim Twitterni tark etdi, — dedi kompaniyaga yaqin uch kishi New York Times nashriga.

Bunga ommaviy yig‘ilishlar paytida texnologik uzilishlarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydigan Twitter qo‘mondonlik markazida ishlaydigan 20 kishidan bir nechtasi kiradi.

NYT manbalariga ko‘ra, Mask Twitter’ning AQSHdagi eng yaxshi uchta ma’lumot markazlaridan birini yopish haqida o‘ylamoqda. Sakramento markazining yopilishi kompaniyada Atlanta va Portlenddagi ikkita ma’lumot markazlarini qoldiradi.

Bu yo‘qotishlar bilan Twitter birdan qulab tushadi degani emas, — deya ta’kidlaydi agentlik.

Ammo Twitter mingdan ortiq mikroservislarga ega tizim bo‘lib, doimiy sozlash va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladi.

Agar xatolar o‘z vaqtida tuzatilmasa, ular foydalanuvchilarning xavfsizligi va ma’lumotlari uchun tahdidga aylanadi, — deya tushuntirdi kompaniyaning sobiq xodimlaridan biri.

Dasturiy ta’minot muhandisi Alek Muffetning ta’kidlashicha, Twitter tarmog‘ining xavfsizligi oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, chunki kodlar bazasidagi kamchiliklarni tuzatadigan hech kim yo‘q.

Avvalroq Mask Twitter’da uzun postlar yaratish funksiyasi paydo bo‘lishini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar