• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Urushning O‘zbekistonga ta’siri kutilganidan kam bo‘ldi” — XVJ departamenti direktori Jihad Azur

    Samarqandda bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida Xalqaro Valyuta Fondining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori Jihad Azur “Daryo” muxbiriga intervyu berdi.

    Suhbatda oltin savdosi, Markaziy Osiyo mamlakatlarining Rossiyaga iqtisodiy qaramligi, urushning O‘zbekistonga ta’siri va mamlakatdagi bank tizimi masalalarida so‘z bordi.

    O‘zbekiston butun dunyoda oltin savdosi bilan faol shug‘ullanuvchi davlatlar sirasiga kiradi. Ammo mamlakat mart oyidan beri oltin eksport qilmadi. Sizningcha, bunga nima sabab bo‘lmoqda?

    Xo‘sh, hozirda oltin bozori boshqa bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarmoqda. Odatda mamlakatlar narxlar ko‘tarilganda ko‘proq qimmatbaho metall sotadi, agar narxlar tushib boraversa hukumat boshqa bozorlarning o‘zgarishini kutadi. Menimcha, mamlakatning ushbu harakati bozordagi vaziyat va imkoniyatlardan kelib chiqqan qarorga asoslanmoqda.

    Hozirda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida retsessiya tahdidi kuchaymoqda. Sizningcha Markaziy Osiyoda retsessiya xavfi yuzaga kelganmi?

    Ayni paytda pul-kredit siyosatining keskinlashuvi tufayli dunyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashmoqda. Dunyo mamlakatlarining 30 foizi yoki jahon iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutishi mumkin.

    Buning mintaqaga ta’siri barcha eksport qiluvchi mamlakatlar o‘rtasida har xil bo‘ladi. Ammo hozir ularning hammasi iqtisodiy o‘sishdan foyda ko‘rmoqda — mamlakatlarda vaziyat yaxshilanmoqda.

    Keng ma’noda, kelgusi yilda mintaqada o‘sish 4 foiz darajasida saqlanib qolishini kutmoqdamiz, bu global o‘rtacha o‘sish sur’atlariga nisbatan yuqori ko‘rsatkich. Shunga qaramay, xavflar ortib bormoqda va ularni tuzatish uchun mamlakatlarga kuchli siyosiy boshqaruv kerak.

    Urush boshlangan davrdan buyon O‘zbekiston Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi va boshqa tashkilotlar prognozidan yuqoriroq iqtisodiy o‘sish sur’atlarini qayd etmoqda. Sizningcha, mamlakat bunga qanday erishdi?

    Avvalo, biz Ukrainadagi urush mintaqaga kattaroq salbiy ta’sir ko‘rsatishini kutgandik. Lekin bu ta’sir kutilganidan kamroq bo‘ldi. Savdo va pul o‘tkazmalarining yaxshilanishini, shuningdek, yangi investitsiyalar kiritilgani qayd etildi.

    Bu ijobiy rivojlanish iqtisodiyotning 2022-yilda 70 foizga sog‘lom o‘sishiga yordam berdi. Shuningdek, bu aholiga chet eldan yordam olishda davom etish imkonini berdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Albatta, inflyatsiya yuqori va uni hal qilish kerak. Shuningdek, mamlakatdagi noaniqliklar ham siyosat va islohotlarni rejalashtirilganidek davom ettirishga qaratilgan.

    Xabaringiz bor, Rossiyadagi vaziyat tufayli ko‘plab kompaniyalar o‘z xodimlarini yoki zavodlarini Markaziy Osiyoga ko‘chirmoqda. Masalan, Apple o‘z xodimlarini Qirg‘izistonga, bir qancha IT-kompaniyalar esa O‘zbekiston va Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan. Markaziy Osiyoda qaysi davlat biznes uchun qulayroq deb hisoblaysiz?

    Islohotlarni amalga oshirayotgan barcha mamlakatlar ishbilarmonlik muhitini, moliyalashtirish, bozorga chiqish imkoniyatini yaxshilamoqda. Shuningdek, bu orqali yaxshi ta’lim va sog‘liq saqlash tizimi ham ta’minlanadi, qo‘shimcha investorlarni jalb qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

    Bu orqali nafaqat investorlarni jalb qilish, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ham paydo bo‘ladi. Menimcha, bu hozirda bir qancha mamlakatlar rejalashtirayotgan tuzilmaviy islohotlarni jadallashtirish imkoniyatlaridan biridir.

    Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosiy va iqtisodiy jihatdan Rossiya bilan bog‘langan. Shu sababdan O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘lini ishga tushirmoqchi. Siz Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaga iqtisodiy qaramlikni kamaytirish uchun nima qilishlari kerak deb hisoblaysiz?

    Darhaqiqat, mamlakat hozir iqtisodiy shoklarga moyil bo‘lgan dunyoda ko‘plab zarbalarga uchramoqda. Chidamlilikni oshirishga munosabat bildirishning eng yaxshi usuli — iqtisodiyotning o‘sishi, aloqalarni yaxshilash, bitta bozorga tayanib qolmaslik va jozibadorlikni oshirish hisoblanadi.

    Bu orqali yaxshi biznes muhiti, qulay moliyaviy tizim, past inflyatsiya, yaxshi inson salohiyatiga ega bo‘lish va xorijiy kompaniyalarni mintaqaga jalb qilish mumkin.

    Yaqinda O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatdagi ikkita bankdan litsenziyani qaytarib oldi. Albatta, bu holat rivojlangan mamlakatlar uchun tabiiy bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda-chi? Mamlakat bank tizimini qanday baholaysiz?

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    O‘zbekistonda banklar nazoratini yaxshilash va kapital bazasi likvidligini mustahkamlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda Markaziy bank juda faol bo‘lib, bank tizimi ustidan ham nazoratni takomillashtirmoqda.

    Bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadamlar hisoblanadi. Ular sarmoyani jalb qilish, omonatchilarning ishonchini qozonish uchun yanada yaxshi imkoniyatlar yaratmoqda.

    Markaziy Osiyoda ayollar qadriyat va din faktorlari tufayli yuzlab yillar davomida iqtisodiy faol bo‘la olmagan. Ularning vazifasi faqat uy ishlarini bajarish bo‘lgan. Endilikda nega Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida gender tengligini rivojlantirish muhim hisoblanmoqda?

    Avvalo, ayollar ishtiroki O‘zbekiston va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti o‘sishining kelajagi. Ular yaxshi ma’lumotga, iste’dodga ega. Ayollar iqtisodiyotda integratsiyalashgan holda ko‘proq ish o‘rinlarini yaratadi, ular inklyuziyani yaxshilaydi.

    Shuningdek, barcha tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, gender tengligi iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek, muvofiqlik nuqtai nazaridan foydali ta’sir ko‘rsatadi.

    09.11.2022, 21:55   Izoh (0)   8896
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sarimsoq piyoz qimmatlagan, kivi arzonlagan: O‘zbekiston bozorlarida noyabr oyida narxlar qanday bo‘lmoqda?

    09.11.2022, 21:32

    Rossiyadan ham qimmatroq: O‘zbekistonda pomidor narxlari rekord darajaga yetdi

    09.11.2022, 20:59

    O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramoqda — Financial Times

    09.11.2022, 11:50

    Yevropa Ittifoqidagi gaz bilan bog‘liq vaziyat uzoq yillik tanqislikka sabab bo‘ladi — Bloomberg

    08.11.2022, 21:31

    Tabiiy ofatlardan ko‘riladigan zararlarni qoplash kafolati: bog‘ va uzumzorlarni qanday sug‘urtalash kerak?

    08.11.2022, 19:31

    AQSH Yevropa Ittifoqiga va’da berdi: suyultirilgan gaz eksporti 50 mlrd kub metrga oshiriladi

    08.11.2022, 11:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    MSI “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmining 30 yilligiga bag‘ishlab tematik kompyuterlarni taqdim etdi

    Gadjetlar | 24 iyun, 11:56

    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

    Reklama | 24 iyun, 10:30

    Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni murakkablashtiriladi

    Dunyo | 24 iyun, 11:39

    Eldor Shomurodovga A Seriyaning boshqa klubidan taklif chiqdi

    Sport | 24 iyun, 11:25

    Tramp Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganini aytdi

    Dunyo | 24 iyun, 11:24

    Smartfon tanlash: qaysi funksiyalar chindan ham kerakli, qaysilari ortiqcha?

    Texnologiyalar | 24 iyun, 11:15

    Putin “Oreshnik” ballistik raketasi ommaviy ishlab chiqarilishini aytdi

    Dunyo | 24 iyun, 11:06

    Toshkent metrosining 7 ta bekati oralig‘ida harakat to‘xtatiladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 10:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.