Daryo

Ilon Mask Twitter’ni sotib olgach, Tesla’ning 4 mlrd dollarli aksiyalarini sotdi

Milliarder bir yarim hafta ichida katta miqdordagi aksiyalarni sotgan

1 daqiqa o‘qish18 196 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Amerikalik biznesmen Ilon Mask Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining qariyb 4 milliard dollarlik aktsiyalarini sotdi. Bu haqda Reuters agentligi AQSH Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) tayanib xabar bermoqda.

Foto: Reuters

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Maskga tegishli 3,9 milliard dollarlik 19 milliondan ortiq aksiyalarni sotish bo‘yicha tegishli hujjatlar 8-noyabr kuni SEC’ga topshirilgan.

27-oktabr kuni Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 44 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvni yopdi. 

Shartnomani moliyalashtirish uchun Mask Amerikaning turli banklaridan taxminan 12,9 milliard dollar qarz olgan. 

Financial Times nashrining yozishicha, uning kreditorlari mablag‘larning tez qaytarilishiga umid qilmayapti va jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarni kutmoqda.

Mavzuga doir: 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar