Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oktabr oyi natijalariga ko‘ra, yevrohududda inflyatsiya yillik hisobda 9,9 foizdan 10,7 foizgacha tezlashdi. Bu haqda Yevrostat materiallariga tayanib “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: CentralAsia

Foto: CentralAsia

Bu ko‘rsatkich tarixiy maksimaldir. Yillik inflyatsiya darajasi Estoniyada (22,4 foiz), Latviyada (21,8 foiz) va Litvada (22 foiz) eng ko‘p o‘sdi. Fransiyada (7,1 foiz), Ispaniyada (7,3 foiz) va Maltada (7,5 foiz) pasaydi.

Oziq-ovqat mahsulotlari, alkogol va tamaki mahsulotlari narxi 1,5 foizga, energiya 6,5 ​​foizga, noenergetika mahsulotlari 1,2 foizga qimmatlashdi.

Mart oyidan beri Yevrozonada inflyatsiya ortib bormoqda. Tahlilchilar 2022-yil oxirigacha darajaning oshish prognozini bermoqda.

Xalqaro Valyuta Fondiga ko‘ra, jahon iqtisodiyotining uchdan bir qismini tanazzul kutmoqda. Tashkilot 2023-yil uchun global iqtisodiy o‘sish prognozini 2,7 foizgacha pasaytirdi.

Avvalroq Germaniyada yillik narxlar 11,6 foizga oshib, yangi rekord o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?