O‘zbekistonda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida o‘quvchi qizlarning maktabga shim kiygan holda kirishiga ruxsat beriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan nizom tasdiqlangan. Unga asosan, sovuq ob-havo sharoitida o‘quvchi qizlarga maktab formasiga mos klassik uslubdagi shim kiyishga ruxsat beriladi.
Avvalroq “O‘zgidromet” 20-oktabr, payshanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kunduzi 7 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)