Daryo

Xalqaro valyuta fondi 2023-yilda global YIM prognozini pasaytiradi

Tashkilotga ko‘ra, retsessiya global iqtisodiyotning uchdan bir qismini qamrab olishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish25 806 ko‘rishlar0 izoh0

Xalqaro valyuta fondi (XVF) 2023-yilda global iqtisodiy o‘sish prognozini 2,7 foizga tushirdi, bu iyul oyidagi prognozdan 0,2 foizga past. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Tashkilotga ko‘ra, retsessiya global iqtisodiyotning uchdan bir qismini qamrab olishi kutilmoqda.

Fond iqtisodiy faollikning pasayishini Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlari, energiya va oziq-ovqat narxlarining yuqoriligi, shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda inflyatsiya va asosiy stavkalarning oshishi bilan bog‘laydi.

Tashkilot hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, AQSH, Xitoy va Yevropa iqtisodiyoti yanada pasayishi kutilmoqda.

Fond 2023-yildagi retsessiyaning eng sezilarli ta’sirini prognoz qilmoqda: YIM o‘sishining 2 foizlik tarixiy minimal darajadan pastga tushish ehtimoli taxminan to‘rtdan biri qismlik ehtimolda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar