Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida qalbaki kupyuraga Cobalt sotib olgan ikki yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 25 yoshli A.J. va 23 yoshli R.M. M.N. ismli ayolning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan Cobalt’ni 13,4 ming dollarga sotib olishga kelishgan.
O‘zlarida avvaldan saqlab kelgan bir xil seriya va raqamli 134 dona qalbaki 100 dollarlik kupyuradagi jami 13,4 ming dollarni ayolga to‘lov sifatida berishgan.
10-oktabr kuni Bosh prokuratura departamentining Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan ushbu yigitlar va jinoyatga aloqador boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 2-qismi “b”, “v” bandlari va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)