Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7-oktabr kuni taxminan soat 07:30 da Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori B.N. Shayxontohur tumanidagi Bunyodkor va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida tirbandlikni bartaraf etish maqsadida harakatni tartibga solib turgan. Biroq soat 08:30 larda Lacetti haydovchisi E.A. telefondan foydalanib, YPX inspektorining ishorasiga bo‘ysunmasdan chorrahaga kirib kelgan.
YPX inspektori haydovchiga sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirayotgan vaqtida haydovchi YPX inspektorini onasini haqorat qilgan, natijada o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.
Ayni paytda haydovchining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. YPX inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan esa Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Izoh (0)