O‘zbekistonda banklarning ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish taklif qilinmoqda. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar muhokamasi portalida ma’lum qilingan.
Taklifga ko‘ra, banklar ustav kapitalining eng kam miqdori:
- 2023-yil 1-sentabrdan ikki yuz mlrd so‘mni;
- 2024-yil 1-apreldan uch yuz ellik mlrd so‘mni;
- 2025-yil 1-yanvardan besh yuz mlrd so‘mni tashkil etishi lozim.
Ayni paytda banklarning ustav kapitali eng kamida yuz mlrd so‘mni tashkil qilishi kerak.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlashi kerak.
Avvalroq O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilangan edi.
Izoh (0)