Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tarkibiga to‘rtta hudud kiritilgani sababli chaqirildi, deya xabar beradi “RBK”.
Elchi vazirlikka “zudlik bilan” kelishi kerak, deb yoziladi Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga yaqin manbaning 2-oktabr, yakshanba kungi xabarlarida.
Rossiya elchixonasi va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi bu vaziyatga izoh berganicha yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, elchi Vladimir Putinning bosib olingan hududlarni Rossiya tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi kelishuvidan so‘ng, darhol pchaqirilgan.
Avvalroq Rossiya elchilari Avstriya va Italiya Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan chaqirilgan edi. 30-sentabr kuni esa Shvetsiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya ham xuddi shunday qilgan.
Izoh (0)