Brent markali neftning dekabr fyucherslari narxi 1,43 foizga pasayib, bir barrel uchun 83,81 dollarni tashkil qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Brent narxi 14-yanvardan beri ilk bor 84 dollardan pastga tushdi. WTI markali neftning noyabr fyucherslari narxi 1,36 foizga pasayib, bir barrel uchun 77,67 dollarni tashkil qildi.
O‘tgan haftada Brent narxi bir barrel uchun 85 dollargacha tushib ketgan edi, bu yil boshidan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Yevropada retsessiya xavfi kuchayishi va dollar indeksining o‘sishi fonida neft narxi pasayishni boshladi. Bu pasayish Rossiya va G‘arb fond bozorlariga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Avvalroq Rossiya o‘rniga AQSH Yevropaga kuniga 1 mln barreldan ortiq neft yetkazib berishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)