Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand Millatlar Ligasi doirasida kechgan Sloveniyaga qarshi o‘yinda (1:2) jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi.
Norvegiyalik hujumchi “Manchester Siti” va terma jamoa safida ketma-ket yetti o‘yinda gol urdi. Bu uchrashuvlarda Holand 12 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Holand Millatlar Ligasida jamoasining barcha 7 ta golida ham qatnashdi — 6 ta gol, 1 golli uzatma.
22 yoshli futbolchi Norvegiya terma jamoasi safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)