Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tuman IIB boshlig‘ining fuqarolardan biriga hokimiyatdagi yig‘ilishga kelishi uchun yuborgan chaqiruv qog‘ozi tarqaldi. Xatda agar fuqaro uzrsiz sabablarga ko‘ra majlisga kelmasa, majburiy tarzda keltirilishi bilan tahdid qilingan.

Foto: Kompromatuzb

Foto: Kompromatuzb

“Daryo” mazkur holat yuzasidan advokat Abdumalik Abdullayevdan izoh oldi. Mutaxassis ushbu chaqiruv qog‘ozini yuborgan shaxsning xatti-harakatlarini mansab vakolati doirasidan chetga chiqish deb baholash mumkinmi, degan savolga javob qaytardi.

Foto: Abdumalik Abdullayev

Foto: Abdumalik Abdullayev
Birinchidan, chaqiruv qog‘ozida Sergeli tumani hokimligida Toshkent shahar rahbariyati tomonidan o‘tkazilishi belgilangan yig‘ilishga kelish so‘ralgan. Bu degani hokimiyatda qandaydir masalada o‘tkaziladigan yig‘ilishga kelish so‘ralmoqda. E’tibor bering, “yig‘ilish” tadbiriga chaqiruv qog‘ozi rasmiylashtirilmoqda.

Ikkinchidan, chaqiruv qog‘ozida pasport bilan kelish so‘ralgan. Shaxsni tasdiqlovchi faqat pasport bo‘lishi shart ekan. “Yig‘ilish” tadbiriga pasport bilan borish nima uchun kerak bo‘lib qoldi?

Uchinchidan, uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda, O‘zR MJtKning 194, 195-moddalari tartibida majburiy keltirilishi haqida ogohlantirilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasida, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, 195-moddasida esa ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatishda ifodalangan ma’muriy huquqbuzarliklar nazarda tutilgan. Demak, MJtKning 194 va 195-moddalar majburiy keltirish tartibini belgilovchi emas, bunga aloqasi yo‘q moddalardir.

To‘rtinchidan, chaqiruv qog‘ozi pastki qismida “Sergeli tumani IIO FMB boshlig‘i S.N.Axmedov” deb ko‘rsatilgan, lekin uning imzosi qo‘yilganligini tasdiqlovchi izlari ko‘rinmagan. Chaqiruv qog‘ozi ushbu organning gerbli muhri bosilib tasdiqlangan. Odatda tegishli organ ichki tartib qoidalariga muvofiq, gerbli muhr uchun javobgar organ rahbari yoki o‘rinbosari va devonxona mudiri hisoblanadi, ular ixtiyorida javobgarligida saqlanadi. Bunda chaqiruv qog‘ozi Sergeli tumani IIO FMB ning vakolatli mansabdori tomonidan taqdim etilgani ko‘rinadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasida, ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida huquqlari nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ichki ishlar organlari yurituvidagi ishlar va materiallar bo‘yicha fuqarolarni, mansabdor shaxslarni ichki ishlar organlariga chaqirtirish, ulardan zarur tushuntirishlar, ma’lumotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalarni va ularning ko‘chirma nusxalarini olish huquqiga egaliklari nazarda tutilgan. Bunda hokimiyatda o‘tkaziladigan “yig‘ilish” tadbiri ichki ishlar organi ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv, ma’muriy material yoki jinoyat ishi hisoblanmaydi. Qaysidir masalalarni ko‘rishga qaratilgan hokimiyat tadbiridir. Shuningdek, qonun ichki ishlar organiga fuqarolarni, mansabdor shaxslarni faqatgina ichki ishlar organlariga chaqirtirish huquqini nazarda tutgan.

Bundan ko‘rinadiki, taqdim etilgan chaqiruv qog‘ozini ichki ishlar organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan o‘z mansab vakolati doirasidan chetga chiqib, hokimiyat binosida bo‘ladigan tadbirga insonlarni qonunga xilof tarzda majburlov orqali jalb qilish uchun rasmiylashtirilgan deb baholash mumkin. Insonlarni bunday noqonuniy majburlov vositasi orqali yig‘ilishlarga jalb qilinishi amaliyotiga batamom chek qo‘yilishi kerak!

Abdumalik Abdullayev, advokat

Izoh

Fazliddin Bekchanov

26 sentabr, 22:22

Byurokratiya yo'qolmas ekan biz erkin va teng huquqli jamiyat qura olaymiz. Ommaviy axborot vositalarining 4-hokimyat sifatida qanchalik kuch ekaniga oxirgi yillarda guvoh bo'lyapmiz. Ha, biz hali juda ko'p ish qilishimiz kerak bu borada. shaxsan men bizdagi boshqaruv sistemasini isloh qilishimiz kerak deb hisoblayman. fuqarolarimiz Melitsiya yki hokim deganda dag'-dag' qaltirashi , xuddi erkin yashayotgani jinoyatday qo'rqib terga botishi emas balki, bu va bu kabi o'rganlar unining huquqlarini amalga oshirishda, davlatimizning rivojlanishida bir xizmatchiga qaraganday qaraydigan darajaga kelishi lozim. O'zbekiston Respublikasi 18-konistitutsiyasida belgilangani kabi hamma teng huquqli ekani.davlat qurilishida ayrim organlar xizmat vazifasi doirasida o'z majburiyatlarini amalga oshirish uchun aniq belgilangan vakolatlaridan foydalanishga ruxsat etilishi tushunlishi shart.

Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?