Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyorligini aytdi.
“Men prezident Kim Chen In bilan hech qanday shartlarsiz uchrashishga ahd qildim va buni amalga oshirish uchun hech bir imkoniyatni qo‘ldan bermayman”, — dedi Kisida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida.
Uning ta’kidlashicha, Yaponiya “odam o‘g‘irlash, yadro va raketa tahdidlari kabi barcha muammoli masalalarni, shuningdek, o‘tmishdan qolgan muammolarni hal etish orqali” Shimoliy Koreya bilan munosabatlarni normallashtirishga intilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi ochilishi 13-sentabrda o‘tkazilgan edi. 20—26-sentabr kunlari BMTda tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari va tashqi ishlar bo‘limlari rahbarlari ishtirokida yuqori darajadagi haftalik bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)