Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 15-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
So‘ng Pokiston bosh vaziri Hazrati Xizr majmuasiga kelib, Birinchi Prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Bundan avval Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutib olingandi.
14-sentabr kuni Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Xitoy raisi Si Szinpin tashrif buyurgandi.
Izoh (0)