Daryo

Tvorog qo‘shib tayyorlanadigan mazali pankeyk retsepti

Ushbu pishiriq to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiluvchilar uchun juda mos keladi

1 daqiqa o‘qish44 573 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Bu mayin, yumshoq oladyilar tez tayyorlanadigan va to‘yimli nonushta uchun ajoyib imkoniyat bo‘lib, ular ham shirin, ham tuzning ta’mini hosil qiladi. Pankeyklarga tez tayyorlanadigan suli yormasi qo‘shiladi va ular shakarsiz tayyorlanadi. Ushbu pishiriq to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiluvchilar uchun juda mos keladi.

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • tuxum — 2 dona
  • tez tayyor bo‘ladigan suli yormasi — 50 g
  • tvorog — 120 g
  • pishiriq kukuni — 1 qoshiq
  • tuz — 1 chimdim
  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq
Tayyorlanishi:
  1. Tuxum, tez tayyor bo‘ladigan suli yormasi, tvorog, pishirish kukuni va tuzni blender yordamida aralashtiring. Xamir silliq holatga kelishi kerak.
  2. Tovani o‘simlik yog‘i bilan yog‘lang va unga 2-3 qoshiq quyuq xamirni soling. Xamirning har bir tomonini 2-3 daqiqa qovuring.
  3. Qolgan pankeyklarni ham xuddi shunday pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar