Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga asosan Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda administratsiya rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov xabar bermoqda.
Unga ko‘ra,
- Rustam To‘ychiyevich Komilov — Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘ba mudiri;
- Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘ba yetakchi kunsultanti;
- O‘lug‘bek Rauf o‘g‘li Normatov Prezident administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘basi yetakchi konsultanti;
- Shoxrux Anvarovich Xodjayev Prezident administratsiyasi kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba yetakchi kunsultanti lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)