Bektemir tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “Bektemir” YPX maskanida fuqaro B.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasida fuqaro I.X. (muqaddam Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan sudlangan) va D.D.lar 56 dona “Regapen” va 16 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)