• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    2022-yilning iyuli tarixdagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi — BMT

    O‘tgan bir oy ichida kuchli jazirama, qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari dunyoning ko‘plab qismlariga ta’sir ko‘rsatdi. Joriy yilning iyuli rekordlar bo‘yicha uchinchi eng issiq oy bo‘ldi. Bu haqda Butunjahon meteorologiya tashkilotining e’lon qilingan hisobotida aytiladi, deya xabar beradi BMT yangiliklar markazi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    2022-yil iyul oyidagi havo harorati 1991—2020-yillarga nisbatan o‘rtacha 0,4 gradusga issiqroq bo‘ldi. Ammo 2019-yilga nisbatan harorat bir oz pastroq kuzatildi. 

    Yerning Shimoliy yarimsharidagi quruqlikda harorat o‘rtacha darajadan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.

    Yevropaning aksariyat qismi uchun 2022-yil iyul oyi juda quruq bo‘ldi. Bir qator mamlakatlarda minimal yog‘ingarchilik bo‘yicha rekordlar yangilandi, bu mahalliy iqtisodiyotga, qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazdi va o‘rmon yong‘inlari xavfini oshirdi. Noodatiy issiq va quruq ob-havo avgustgacha davom etadi.

    Juda issiq iyul

    Portugaliya, Ispaniya, Fransiya va hatto Buyuk Britaniyaning ba’zi qismlarida 40 gradusdan yuqori harorat kuzatildi, bu tarixdi birinchi marta sodir bo‘ldi. 

    Pireney yarim orolida maksimal harorat 35 gradusdan yuqori bo‘lgan g‘ayrioddiy ko‘p kunlar bo‘lgan, bu mintaqada issiq haroratning davom etayotganini ta’kidlaydi. 

     

    Ispaniya milliy meteorologiya xizmati iyul oyi rekord darajadagi eng issiq oy bo‘lganini, issiqlik to‘lqinining eng kuchli va eng uzoq davom etganini aytdi.

    AQSHda joriy yilning iyul oyi rekordlar bo‘yicha uchinchi eng issiq iyul bo‘ldi. Harorat 48 shtatda o‘rtacha darajadan yuqori yoki rekord darajada kuzatildi. 

    AQSH Milliy Atrof-muhit ma’lumot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida mamlakatning katta qismida bir qator issiq kunlar qayd etildi va kunduzi harorat 37,8 gradusdan oshdi, bu esa elektr energiyasiga bo‘lgan talab va issiqlik bilan bog‘liq kasalliklarga olib keldi.

    “Yangi norma”

    18-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida JST Bosh kotibi professor Petteri Taalas issiqlik "yangi norma" ekanligini aytdi. 

    Yevropada issiq ob-havo tez-tez, kuchliroq va uzoq davom etadi. 2050-yilga kelib, Yevropa aholisining qariyb yarmi yozgi issiqlik bosimining yuqori yoki juda yuqori xavfi ostida bo‘lishi mumkin.

     

    Yerning janubiy yarimsharida eng yuqori harorat Janubiy Amerikaning markaziy qismida va Afrikaning janubida qayd etilgan. 

    Tinch okeanining shimolida va Antarktidaga tutash okeanda harorat o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lgan. 

    Hind okeanining g‘arbiy qismida, Afrikadan Hindiston janubigacha va Avstraliyaning aksariyat qismida havo harorati o‘rtacha darajadan past bo‘lgan.

    Yog‘ingarchilik tanqisligi

    2022-yil iyul oyi Yevropaning aksariyat qismi uchun o‘rtachadan quruqroq bo‘ldi. Mahalliy ma’lumotlarga ko‘ra, qit’aning g‘arbiy qismida yog‘ingarchilik kam bo‘lgan, janubi-g‘arbiy va janubi-sharqidagi bir qancha mintaqalarda qurg‘oqchilik kuzatilgan. 

    Bularning barchasi mahalliy darajada iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda o‘rmon yong‘inlarining tarqalishi va kuchayishiga yordam berdi. 

     

    Iyul oyida Fransiyada rekord darajadagi qurg‘oqchilik sodir bo‘ldi, milliy yog‘ingarchilik taqchilligi 85 foizni tashkil etdi.

    Shimoliy Amerikaning katta qismi ham odatdagidan quruqroq bo‘ldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missuri va Kentukki shtatlarida sodir bo‘lgan keng ko‘lamli suv toshqini issiqlik va qurg‘oqchilikning kuchayishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Avgust oyi boshida AQSHning 51,4 foizi qurg‘oqchilik holatida edi.

    Dengiz muzining holati

    Antarktidadagi dengiz muzlari qoplami sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga ko‘ra 44 yil ichida iyul oyidagi eng past ko‘rsatkichga yetdi va 1991—2020-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yetti foizga past bo‘ldi.

    Arktikadagi dengiz muzlari darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan to‘rt foizga past bo‘lib, sun’iy yo‘ldosh tomonidan qayd etilgan eng past iyul oyida 12-o‘rinni egalladi.

    Issiq avgust

    Iyulda kuzatilgan o‘ta issiq ob-havo kamida Yevropaning ba’zi qismlarida avgustgacha davom etadi. 

    Buyuk Britaniya Met-ofisi 9 avgust kuni haddan tashqari issiqlik haqida ogohlantirdi. Harorat yangi milliy rekordlar o‘rnatilgan iyul oyidagidek keskin bo‘lishi kutilmaydi. Fransiya janubida yilning shu davrida havo harorati me’yordan 3-5 gradus yuqori bo‘ladi.

    10.08.2022, 18:39   Izoh (0)   7546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moliyaviy qulaylikdan ayrilish: Yevropa qishni dizel tanqisligi bilan boshlaydi

    10.08.2022, 15:53

    Xitoyda inflyatsiya qimmat cho‘chqa go‘shti sabab ikki yil ichida eng yuqori darajaga yetdi

    10.08.2022, 15:49

    Xorazmda 69,3 foiz o‘sish, Sirdaryoda 1,6 foizga qisqarish: O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasidagi faollik

    10.08.2022, 14:07

    Yevropa Ittifoqi Rossiya ko‘mirini sotib olishni butunlay to‘xtatdi

    10.08.2022, 13:51

    Germaniya urush va energiya inqirozi sababli 265 mlrd dollargacha zarar ko‘radi

    10.08.2022, 11:30

    “Qo‘ng‘iroq huquqi” nima va uning O‘zbekiston iqtisodiyotga ta’siri qanday?

    10.08.2022, 01:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:53

    AQSHda it egasining yuragidagi muammolarni sezib, uning hayotini saqlab qoldi

    Dunyo | 4 avgust, 20:44

    Yarim yilda shilqimlik va zo‘ravonlik sodir etgan 6 mingdan ortiq fuqaro jazolandi — Oliy sud

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:26

    Microsoft Hindistondagi neft kompaniyasini Rossiya bilan aloqalari tufayli xizmatlardan uzib qo‘ydi

    Dunyo | 4 avgust, 20:15

    Samarqandda mansabdor daraxtlarni ko‘chirishga “amr” qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:00

    Saudiya klublari Grinvud uchun 80 million yevro taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 19:47

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 19:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.