Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijonda 45 yoshli tadbirkor o‘z joniga qasd qilib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi holat yuzasidan “Daryo”ga ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Unga ko‘ra, 25-iyul kuni soat 16:40 da Shahrixon tumanida yashagan 45 yoshli tadbirkor yashash xonadoni yaqinida joylashgan, o‘ziga tegishli, atrofi devor bilan o‘ralgan mevali bog‘da o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Shahrixon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jurnalist Xurshid Daliyevning yozishicha, bu tadbirkor Rahmidin Mirzayev bo‘lib, u “Rashmilk” hamda “Recosement” brendlarining asoschisi, Andijonning eng tashabbuskor tadbirkori bo‘lgan va minglab oilalarni ish bilan ta’minlagan.

Kechagi shumxabar shu edi. Kechadan beri shu haqda o‘yladim. To‘g‘ri, qazoyi qadar haqiqat. Ammo javobsiz savollar ham ko‘p. Bu inson bilan ko‘p muloqotda bo‘lganman. G‘oyalari, rejalari katta edi. Doim katta marralar haqida o‘ylardi. So‘nggi bor o‘tgan hafta Sho‘rchi tumanidagi qurilishi boshlangan masjidga yordam jo‘natganda ularning haqlariga g‘oyibona duolar qilib, eslagandik. Sportni yaxshi ko‘rardi. Ta’limni rivojlantirish tarafdori edi. Homiylik ishlari ko‘p edi. Bu inson haqida bilganlarim shu. Alloh rahmatiga olsin. Oila a’zolariga sabr-u jamil bersin, — degan jurnalist o‘z xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi