• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Kasal bo‘lishga vaqt yo‘q: 20, 30, 40 yosh ichida o‘tish zarur bo‘lgan tibbiy tekshiruvlar

    Salomatlik bebaho ne’matdir. Uning qadriga yetmaslik va e’tiborsizlik kelajakda ko‘pga tushishi mumkin. Hayotning har o‘n yilligi tibbiy ko‘riklar ro‘yxatiga yangi tekshiruvlarni qo‘shib boradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

    Foto: Rawpixel

    Foto: Rawpixel

    20 yosh

    Hayotning eng gullab-yashnagan vaqti. Hech qanday tekshiruv va shifokorlar haqida o‘ylashga vaqt bo‘lmaydi, chunki hatto yosh organizm ham salomat bo‘lib, hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Shu bilan birga, ushbu yoshda ayollarning katta qismi oila ko‘radi va farzand kutadi. Shuning uchun ayollar ona bo‘lishdan oldin siz quyidagi tekshiruvlardan o‘tishi kerak:

    Gormonal muvozanatdagi o‘zgarishlar

    Ushbu davrda gormonal fonni, birinchi navbatda, qalqonsimon bez va jinsiy gormonlar funksiyasini o‘rganish juda muhimdir. Buzilishlarni erta bosqichlarda aniqlash juda ham ahamiyatli, chunki o‘zgarishlar bilan nafaqat ichki organlar, balki tashqi ko‘rinish ham azoblanadi.

    E’tibor berish kerak bo‘lgan alomatlar:

    • hayz davrining buzilishi,
    • uyqu buzilishi,
    • qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi,
    • doimiy zaiflik,
    • vazn ortishi,
    • soch to‘kilishi,
    • tirnoqlar mo‘rtlashuvi,
    • yuz terisida tuklarning o‘sishi.
    Irsiyat hammasini hal qiladi

    Yoshligida, yaqin qarindoshlar oilasida qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, turli kasalliklarga genetik moyillikni, ayniqsa folat siklidagi o‘zgarishlarni o‘rganish foydali bo‘ladi. Folat metabolizmining buzilishi (foliy kislotasi) qonda gomosisteinning ko‘payishiga olib keladi, bu qon tomirlari devorlariga shikast yetkazadi, ularning yallig‘lanishini qo‘zg‘atadi. Qon quyuqlashishi xavfini ko‘rsatadigan qon ivishining buzilishi belgilari bilan yosh ayollar “Leyden omili” deb ataladigan sinovdan o‘tishlari kerak. Xuddi shu nomdagi sindrom ko‘pincha erta homiladorlik davrida doimiy bola tushishining asosiy sababidir. Bugungi kunda genetik diagnostika usullari bilan bunday muammolarni tuzatish mumkin.

    E’tibor berish kerak bo‘lgan alomatlar:

    • oyoqlarda og‘irlik;
    • yurish paytida oyoq og‘rig‘i;
    • oyoqlarda qon tomir tomirlarining bo‘rtib chiqishi.
    30 yosh

    30 yosh — umrning eng faol vaqti, qattiq ishlash, o‘qish, oilaga yordam berish, bolalarni tarbiyalash va o‘yin-kulgiga vaqt topishga harakat qilish kerak. Shu sababli ushbu davr umumiy hayotiylikni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni nazorat ostida saqlashga arziydi.

    Ginekolog ko‘rigi

    Ayollar uchun ginekologga endometrioz, bachadon miomasi va sut bezlarida o‘zgarishlarni istisno qilish uchun yillik tashriflar talab qilinadi, ayniqsa, bunday muammolar ona yoki buvisida kuzatilgan bo‘lsa. O‘z vaqtida oldini olish har doim to‘liq davolanishga qaraganda kamroq vaqt, pul va tashvishlarni talab qiladi. Oilada ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan ayollar o‘zlariga yaxshi g‘amxo‘rlik qilishiga hech qachon erta emas. Tibbiyotning hozirgi darajasida ko‘krak saratoni ko‘p hollarda jiddiy, ammo davolanadigan kasallikdir. O‘simta yoki shunga o‘xshash narsa avvalroq aniqlangan bo‘lsa, davolash osonroq va samaraliroq kechadi.

    Shu bilan birga, ayollarda onkologik kasalliklar tarkibida ikkinchi o‘rinda bachadon bo‘yni saratoni o‘rin olgan bo‘lib, uni oldini olish ham oson. Bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishida inson papilloma virusining (HPV) roli tasdiqlanganidan beri HPV uchun test 30 yoshdan boshlab yillik skriningning muhim qismiga aylandi. HPV ning ko‘plab shtammlari mavjud, ammo ulardan faqat bir nechtasi saraton rivojlanish xavfi bilan bog‘liq. Afsuski, onkologik kasalliklar uzoq vaqt davomida o‘zini namoyon qilmaydi va shuning uchun mutaxassis tekshiruvisiz biror narsa deyish qiyin.

    E’tibor berish kerak bo'lgan alomatlar:

    • ko‘krak og‘rig‘i;
    • ko‘krakning rangi o‘zgarishi;
    • hayz davrining buzilishi;
    • ko‘p hayz ko‘rish;
    • uzoq muddatli hayz ko'rish.
    Surunkali charchoq

    Agar charchoq, holsizlik asabiylashish, befarqlik uzoq vaqt davomida sezilsa, unda bunday vaziyatga chidamaslik kerak. Albatta, ish bilan shug‘ullanadigan yosh ona uchun bu holat odatiy ko‘rinishi mumkin, ammo agar yaxshi dam olgandan keyin ham tuzalib keta olmasangiz, anemiya va gipotiroidizm belgilari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, eng muhim makro va mikroelementlar (magniy, kalsiy, D vitamini, B12 vitamini va boshqalar) darajasini tekshirish tavsiya etiladi. Ushbu muammolarni mutaxassisga yetkazishdan uyalmaslik lozim. Yaxshi shifokor hech qachon surunkali charchoq belgilarini e’tiborsiz qoldirmaydi va organizmda nima yetishmayotganini aniqlashga harakat qiladi.

    E’tibor berish kerak bo‘lgan alomatlar:

    • doimiy charchoq;
    • asabiylashish;
    • soch to‘kilishi;
    • tirnoqning mo‘rtlashishi;
    • terining rangsizlanishi,
    • uyquchanlik.
    40 yosh

    Hayot tartibga solingan, ritm tenglashtirilgan. Inson oyoqlari ostida mustahkam zaminni his qila boshlaydi, o‘zini va atrofidagi dunyoni tushunadi, strategiya va taktikani yaxshi o‘ylab, katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu davrda ayol menopauzaga kiradi. Ba’zilar uchun organizmning bu qayta tuzilishi butunlay og‘riqsizdir, boshqalari uchun bu juda ko‘p muammo keltirib chiqaradi.

    Yana gormonlar

    Avvalo, bu davrda gormonal fonni qattiq nazorat qilish kerak. Ginekolog tomonidan tanlangan gormonlarni almashtirish terapiyasiga o‘tish tavsiya etiladi.

    E’tibor berish kerak bo‘lgan alomatlar:

    • hayz davrining buzilishi;
    • asabiylashish;
    • terining tez qarishi;
    • vazn ortishi;
    • doimiy charchoq;
    • terlashning kuchayishi.
    Yurak bilan bog‘liq masalalar

    Metabolik kasalliklarga ateroskleroz ham kiradi. Ateroskleroz rivojlanish xavfini nazorat qilish qirq yoshdan keyin ham erkaklar, ham ayollar uchun muhimdir. Yuqori qon bosimida lipid almashinuvining buzilishi ishemik yurak kasalligi, yurak xuruji, insult va boshqalarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlarni nazorat qilish hayotni sezilarli darajada uzaytirishi va sifatini yaxshilashi mumkin.

    E’tibor berish kerak bo‘lgan alomatlar:

    • ortiqcha vazn;
    • harakatsiz turmush tarzi;
    • muvozanatsiz ovqatlanish.
    Qonda qand miqdori

    Bu yoshda glyukoza nazorati ham talab qilinadi. Qandli diabet kasalligining rivojlanish xavfini kamaytirish uchun bu alomatlarni o‘tkazib yubormaslik kerak. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib qandli diabet o‘limning yettinchi asosiy sababiga aylanadi. Ikkinchi toifa diabetni erta aniqlash nisbatan arzon qon tekshiruvi bilan amalga oshirilishi mumkin.

    E’tibor berish kerak bo‘lgan alomatlar:

    • terining qichishi;
    • quruq teri;
    • terida uzoq muddatli davolanmaydigan yaralar;
    • tashnalik.

    Mavzuga doir:

    • Hammasiga gormonlar sababchi: uyqusizlik, charchoq, ortiqcha vazn sababini qayerdan izlash kerak?
    • Stress belgilari: yordamga muhtoj ekaningizdan darak beruvchi 10 ta simptom
    • Umuman uxlamagan bo‘lsangiz: kun bo‘yi tetik yurish uchun tavsiyalar

    16.07.2022, 13:32   Izoh (0)   31222
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Telefondan ko‘p foydalanish oqibatida bolalar ko‘zida sariq parda o‘syaptimi? Mutaxassis tushuntirish berdi

    15.07.2022, 21:42

    Gripp, pnevmoniya va bronxit: infarkt hamda insult xavfini oshiradigan boshqa yuqumli kasalliklar

    15.07.2022, 17:47

    Ertalab uyqudan keyingi bosh aylanishi qanday kasalliklardan darak beradi?

    15.07.2022, 09:26

    Haqiqatmi yoki uydirma: ventilyator tufayli shamollab qolish mumkinmi?

    14.07.2022, 21:56

    Linzalardan foydalanishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato

    14.07.2022, 17:33

    Oqartiruvchi tish pastalari chindan ham ish beradimi? Ular nimasi bilan xavfli bo‘lishi mumkin?

    13.07.2022, 19:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter” va “Fluminense”dan g‘alaba, Ramos boshchiligidagi “Monterrey” ikkinchi bahsda ham durang o‘ynadi (video)

    Sport | 22 iyun, 10:37

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.