Daryo

Sellofan paket va bir nechta tanga: pashshalardan qutulishning sinalgan usuli

Sellofan paketni yarmigacha suv bilan to‘ldiring va ichiga tangalarni soling

2 daqiqa o‘qish39 864 ko‘rishlar0 izoh0

Suv to‘ldirilgan oddiy polietilen paket va ichidagi bir necha tanga pashshalarni uyingizdan uzoqlashtirishini bilasizmi? Bir qarashda, bu hayratlanarli ko‘rinadi, lekin hasharotlarning bunday xatti-harakatlarining sababini bilsangiz, hammasiga darhol tushunasiz.

Foto: publicdomainpictures.net

Odamlardan farqli o‘laroq pashshalar dunyoni butunlay boshqacha ko‘radi. Gap shundaki, ularning ko‘z tuzilishida yagona parda yo‘q. Buning o‘rniga, har bir pashshaning ko‘zi faset yoki ommatidiya deb ataladigan 4000 ga yaqin alohida hujayralardan iborat.

Har bir fasetning alohida linzalari bo‘lib, u tasvirning faqat bir qismini idrok etadi, ammo ular birgalikda pashshaga dunyoni deyarli 360 gradusga ko‘rishga imkon beradi, ammo o‘ziga xos mozaika shaklida.

Foto: Unsplash

Bunday ko‘rish maydoniga qaramay, pashshaning ko‘rish qobiliyati odamnikidan 100 baravar yomon, har qanday yorug‘lik manbai doimo uning ko‘ziga deyarli to‘g‘ri burchak ostida uriladi, yorug‘likning har qanday o‘zgarishi ko‘rish qobiliyatini zaiflashtiradi.

Pashshaning aynan shunday ko‘rishi amerikalik fermerlarga suv bilan to‘ldirilgan tangali paketlar ko‘rinishidagi hiylani ixtiro qilishga imkon berdi. AQSH janubida bunday paketlarni hozir hamma joyda uchratish mumkin. Ular restoranlarning derazalariga, uylarning kirish qismiga, shuningdek, tabiat qo‘ynidagi boshqa dam olish va yig‘ilish joylariga osib qo‘yiladi.

Suvdagi tangalarni aks ettiruvchi singan yorug‘lik pashshani doimo chalkashtirib yuboradi, natijada bu yerdan qochishga harakat qiladi. Qolaversa, suv tufayli tangalar pashshaga haqiqiy o‘lchamidan ancha katta bo‘lib ko‘rinadi. Ulardan keladigan yorug‘lik har tomonlama aks etib, hasharotlar uchun yorqin nuqtaga aylanadi va uni uchib ketishga majbur qiladi.

Bu qanday yasaladi?

Sellofan paketni yarmigacha suv bilan to‘ldiring va ichiga tangalarni soling.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Keyin paketning yuqori qismini ip bilan mahkam bog‘lab, uni pashshalar eng ko‘p bezovta qiladigan joyga osib qo‘ying. Bir necha daqiqadan so‘ng hasharotlar ancha kamayganini sezasiz.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar