• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Nikol Kidman 55 yoshda: Gollivud yulduzi haqida 20 ta qiziqarli fakt (foto)

    “Lisa.ru” nashri Nikol Kidmanning 55 yoshga to‘lishi munosabati bilan uning bolalikdagi sevimli mashg‘ulotlari, shuningdek, muhabbati va boshdan kechirgan qiyinchiliklari haqida so‘z yuritdi.

    Foto: Pinterest

    Ona Vatan

    Nikolning ota-onasi asli avstraliyalik, lekin aktrisaning otasi olim bo‘lgani uchun oila Amerikaga ko‘chib kelgan. Nikol tug‘ilgach, uning oilasi Gavaiga ketishga majbur bo‘ldi. U to‘rt yoshga to‘lganda, ota-onasi o‘z vataniga qaytib ketdi. So‘ngra Avstraliyada aktrisaning singlisi Antoniya dunyoga keldi.

    Foto: Pinterest

    Qo‘rquv

    Aytgancha, aktrisa Avstraliyada yashashni yoqtirmasdi, chunki u yerda kapalaklar ko‘p bo‘lgani uchun qo‘rqardi. Bolaligida Nikol doimo hasharotlar ko‘p joylardan qochgan. Kidman katta bo‘lganida bu muammoni hal qilishni xohladi va ataylab kapalaklar ko‘p bo‘lgan xonaga kirdi. Biroq uning fobiyasi saqlanib qoldi.

    Quyoshdan qo‘rqish

    Nikol nafaqat kapalaklardan, balki quyoshdan ham qo‘rqadi, chunki Avstraliyada havo juda issiq. Gap shundaki, aktrisaning oppoq terisi quyosh nuri ta’sirida tez kuyib ketishi mumkin. Shuning uchun u hali ham maxsus aksessuarlardan foydalanmasdan uydan chiqmaydi.

    Foto: Pinterest

    Uyatchan qiz

    Kidman bolaligida juda kamtar va hatto uyatchan bola bo‘lganini eslaydi. Ko‘pchilik buni bilib, hayratda qoldi, chunki hamma aktrisani kirishuvchan odam sifatida biladi.

    Kichik nuqson

    Bolaligida Nikol duduqlanardi, shuning uchun gapirishga uyalardi. Ota-ona qizini komplekslarni yengib, muammodan xalos bo‘lishi uchun teatr studiyasiga yuborishga qaror qilgan. Vaqt o‘tishi bilan Kidman duduqlanishdan to‘xtadi, shuningdek, studiyani chindan ham sevib qoldi.

    Foto: Pinterest

    Muvaffaqiyatsizliklar

    Kidman juda yoshligidan kastinglarga borishni boshladi, u musiqiy filmlarda rol ijro etishni xohlardi. Bir marta kastingdan o‘tdi, u yerda kambag‘al yetim rolini o‘ynashi kerak edi. Biroq u rolga tasdiqlanmagan, chunki uni bunday qahramon rolini o‘ynash uchun juda novcha deb hisoblashgan. Keyin Nikol unga hech bo‘lmaganda kichik rol berishni iltimos qilgan va oxirida unga qo‘shiqning atigi to‘rt misrasini kuylashga ruxsat berishgan.

    “Ha, men umidsizlikka tushib qoldim, lekin shu bilan birga bu meni dahshatli kuch bilan qo‘zg‘atdi! Xuddi shu rad etish bilan mening ichki olovimga o‘tin tashlangandek. Men 17 yoshga to‘lgunga qadar qancha sinovlardan o‘tganman, sanab bo‘lmaydi. 12 yoshimdan o‘qigan aktyorlik studiyasiga borish uchun esa ikkita avtobusga chiqishim kerak edi. Ota-onam meni mashinada olib ketishni istamasdi. Shu tufayli maqsadimga erishish uchun ko‘p kuch va matonat ko‘rsatishim kerak bo‘ldi. Ammo o‘zimni teatrda, shu darslarda ko‘rganimda, dunyodagi eng baxtli boladek his qildim!” — dedi yulduz intervyularining birida.

    Onaga yordam

    O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Nikol kollejga bordi va u yerda san’at va aktyorlik bo‘yicha tahsil oldi. Biroq, u onasining saraton kasalligiga chalinganini bilgach, o‘qishni tark etishga majbur bo‘ldi. Oilaga moddiy yordam berish uchun Kidman massaj kurslarida ishtirok etdi va qo‘shimcha pul ishlab topishni boshladi.

    Foto: Pinterest

    Musiqaga qiziqish

    Nikol 17 yoshida nafaqat teatr studiyasida o‘qigan, balki “Divine Madness” musiqiy guruhining solisti ham bo‘lgan.

    Orzular ro‘yobi

    Biroq Nikol o‘z istagini amalga oshirdi — u aktrisa bo‘ldi. U 80-yillarning oxirida filmlarda rol o‘ynay boshladi va tezda tanildi. Amerikaning nufuzli nashrlari u haqida yozdi, u muhim mukofotlarga nomzod bo‘ldi va yanada muvaffaqiyatli, yaxshi loyihalarda rol o‘ynashga taklif qilindi.

    Foto: Pinterest

    Kino uchun qurbonliklar

    Aktrisa “Oskar” olgan “Mulen Ruj!” filmining suratga olish jarayonida qovurg‘asini sindirib oldi. Jarohat Nikolning sherigi Yuan Makgregor uni tasodifan tushirib yuborgani sababli yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yulduz suratga tushishda davom etdi.

    Keyinroq u korseti qattiq tortilganda yana bir qovurg‘asini jarohatlagan, Kidmanning o‘zi esa baland poshnali tuflisida turolmagani uchun yiqilganida oyog‘ini jarohatlagan.

    Birinchi nikoh

    “Momaqaldiroq kunlari” kartinasining suratga olish maydonchasida Nikol  Tom Kruz bilan uchrashdi. Juftlik o‘n yil birga yashab, o‘g‘il va qiz farzand asrab olishga muvaffaq bo‘ldi, ammo oxir-oqibat ular ajrashishdi. Ularning ajrimiga Tomning sayentologiyadagi sevimli mashg‘ulotlari va bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan turli qarashlari tufayli bahslashgani sabab bo‘lgani haqda mis-mishlar tarqaldi.

    “Men bu ta’limotni chin dildan tushunishga harakat qilgan paytim bo‘ldi. Aslida, men hech narsani mutlaq darajaga ko‘tarmayman. U har doim izlanuvchan, yangi bilimlarga chanqoq, temperamentli va jasur edi. Men uchun hech kim hukm chiqarmaslik juda muhim. Dadam har doim: “Bag‘rikenglik eng muhimi”, — deydi aktrisa.

    Tom Kruz va Nikol Kidman

    Kruzning sobiq xotinining bashorati 

    Tom Nikol bilan uchrashishni boshlaganida, uning sobiq rafiqasi, aktrisa Mimi Rojers endi Kidman o‘z karyerasini qura olmasligini, chunki u doimo taniqli juftining soyasida bo‘lishini aytgan. Biroq uning bashorati amalga oshmadi, chunki aktrisaning o‘zi muvaffaqiyatga erisha oldi va Tomdan kam bo‘lmagan taniqli va sevimli Gollivud yulduziga aylandi.

    Yangi baxtli nikoh

    2005-yilda Nikol avstraliyalik musiqachi Kit Urban bilan uchrashdi va bir yildan keyin ular turmush qurdi. Ular hozirda ham baxtli.

    “Turmush o‘rtog‘im Kit yonimda bo‘lsa, men o‘zimni juda yaxshi his qilaman. U bilan men dunyodagi hamma narsa haqida gaplasha olaman, u meni sevadi va men uni sevaman. U bilan uchrashishdan oldin men qo‘rqdim, ko‘p narsadan qo‘rqdim, hayotim qanday o‘tishini bilmasdim. Uning sharofati bilan o‘zimni himoyalangandek his qilyapman”, — deydi Kidman.

    Kit Urban va Nikol Kidman

    Kit Urban va Nikol Kidman
    Foto: Pinterest

    Qimmatbaho sovg‘a

    Kit haqiqiy romantik. U to‘y kuni u o‘z sevgilisiga Emili Brontening  “Wuthering Heights”ning birinchi nashrini sovg‘a qildi, bu unga 200 000 dollarga tushdi.

    Asosiy istak

    Aktrisa hayotidagi hamma narsadan ko‘ra ona bo‘lishni xohlardi. Ammo eng kuchli istak boshqalarga qaraganda kechroq amalga oshdi. “Menda doimo ona bo‘lish uchun katta, aql bovar qilmaydigan ehtiyoj bor edi”, — dedi Nikol.

    Muvaffaqiyatsiz homiladorlik

    Biroq, u ona bo‘lishidan oldin bir necha marta tashqi homiladorlik va undan ayrilishni boshdan kechirdi. Sun’iy urug‘lantirish tufayli 2008-yilda Nikol va Kitning uzoq kutilgan qizi — Sandey dunyoga keldi. 2010-yilda ularning ikkinchi qizi Feyt surrogat ona yordamida tug‘ildi.

    Foto: Pinterest

    “Buni boshidan kechirgan har bir ayol biladiki, bunday umidsizliklar osongina depressiyaga olib kelishi mumkin. Sandeyga homilador bo‘lganimda men ham ishonmadim: ehtimollik juda past edi. Men uning tug‘ilishini hayotimdagi haqiqiy mo‘jiza sifatida qabul qilaman”, — deydi Kidman.

    Xobbi

    Nikol qisqa hikoyalar yozishni yaxshi ko‘radi va yoshligida hatto yozuvchi sifatida karyera qurishni ham o‘ylagan. Bu urinishda uni otasi qo‘llab-quvvatlab, unga kundalik yuritishni va yozish qobiliyatini rivojlantirishni maslahat bergan.

    Foto: Pinterest

    Katta gonorar

    Kidman Chanel brendi uchun to‘rt daqiqalik reklama roligida rol o‘ynagani uchun deyarli to‘rt million dollar olgan birinchi aktrisa bo‘ldi. Buning uchun u hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

    Yosh va hayotga munosabat

    “Men bu dunyoda imkon qadar uzoq vaqt qolishni xohlarmidim? Albatta, ha. Hali juda yosh bolalarim borligi uchun ham. Ammo hammamiz qariyapmiz. Bu haqda biror narsa qilish mumkinmi? Ayni paytda yashash va shu bilan birga eng yaxshi narsalarni namoyish etishga harakat qilish kerak. Baxtli bo‘lish lozim. Men uchun bu tushuncha oilamning farovonligi, o‘zim va barcha yaxshilikni o‘z ichiga oladi. Bu atrofda sodir bo‘layotgan narsalarni tomosha qilmaslik, shunchaki ko‘zdan kechirmaslik, balki sodir bo‘layotgan voqealarning ishtirokchisi bo‘lishni anglatadi”, — deya xulosa qiladi Nikol Kidman.

    Mavzuga doir:

    • Mila Kunis, Keyt Middlton, Tom Kruz : muxlislari bilan oila qurgan mashhurlar (foto)
    • Bir filmda suratga tushgandan so‘ng munosabatlariga chek qo‘ygan yulduzli juftliklar (foto)
    • Farzandlarining mashhur bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan fidoyi onalar (foto)

    22.06.2022, 11:41   Izoh (0)   11958
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Selim Bayraktar — Sumbul og‘a rolini o‘ynagan “Muhtasham yuz yil” yulduzi bugun nimalar bilan band? (foto)

    21.06.2022, 16:58

    Pike azob chekmoqda, Shakira investorga aylandi: Sobiq juftlik ajrimdan keyin o‘zini qanday his qilmoqda?

    21.06.2022, 13:58

    Uyida zerikish nimaligini bilmaydigan ko‘p bolali mashhur otalar (foto)

    21.06.2022, 12:58

    “So‘yla, Qora dengiz” seriali yulduzi Irem Helvajio‘g‘li muxlislariga qanday sovg‘a tayyorlamoqda?

    21.06.2022, 10:50

    Mashhur ayollar suratga tushish vaqtida mukammal ko‘rinish uchun foydalanadigan layfxaklar (foto)

    20.06.2022, 20:58

    Bir filmda suratga tushgandan so‘ng munosabatlariga chek qo‘ygan yulduzli juftliklar (foto)

    20.06.2022, 15:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chorraha va yo‘llardagi barcha maxsus texnika vositalari 2025-yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 16 may, 18:31

    Xayriya ishlari bilan ham muxlislar qalbini zabt etgan 5 nafar hind aktyori

    Kino | 16 may, 18:30

    Avtomobil yo‘llaridan o‘tgan ayrim temiryo‘l kesishmalarida “Stop” belgilari boshqariluvchi svetoforlarga almashtiriladi

    O‘zbekiston | 16 may, 18:17

    Uzum market’dan Olcha’gacha: onlayn marketpleyslarda kontrafakt mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 16 may, 18:15

    Zarurat bo‘lmagan joylarda o‘rnatilgan yo‘l belgilari demontaj qilinadi

    O‘zbekiston | 16 may, 18:00

    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi

    Reklama | 16 may, 18:00

    Tungi vaqtda avtobusga ajratilgan yo‘lakda boshqa transportlarining harakatlanishiga ruxsat beriladi

    O‘zbekiston | 16 may, 17:51

    Andijonda 7 yoshli bola 40 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 16 may, 17:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.