Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Botirjon Qurbonov Innovatsiya vazirligida o‘tkazilgan “Tibbiyot ilm-fani kunlari” doirasida “Daryo” nashriga intervyu berdi. Suhbat davomida mutaxassis vaksinalar samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba, koronavirusga qarshi emlash tartiblari va boshqa bir qancha masalalarga to‘xtaldi.

Botirjon Qurbonov

Botirjon Qurbonov
Foto: Innovatsiya vazirligi

Qaysi vaksina samaraliroq?

Koronavirus infeksiyasiga qarshi O‘zbekistonda 7 turdagi (AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001, “Sputnik V”, Moderna, Pfizer/BioNTech, Sinovac, Sputnik Light) vaksinadan foydalanildi. Sanitariya xizmati tomonidan mazkur vaksinalarning nechog‘li samaradorligi o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar barcha ishlatilayotgan vaksinalar samarador ekanini, lekin bir-biriga qiyosiy solishtirib ko‘rilganda, ZF-UZ-VAC2001 (o‘zbek-xitoy) vaksinasining 3-dozasining qilinishi boshqa vaksinalarga nisbatan turg‘un holatda 6 oygacha odam organizmida saqlab qolishi aniqlandi. Shuningdek, gibrid usulidan foydalanilgan vaksinalar, ya’ni boshqa turdagi vaksinalar ham o‘rganib chiqildi. Gibrid usulidan foydalanilgan vaksinalar ham oldin RNK usulidan foydalanilgan vaksina bo‘lsa, rekombinant vaksina bilan buster dozada emlanadi. Buster doza 6 oydan so‘ng emlanganda, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanishi yana 6 oy muddatga bemalol vaksinaning samaradorligini uzaytirib berishi ilmda aniq tasdiqlanib, o‘z isbotini topdi. Boshqa vaksinalarga nisbatan O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksinalar samaradorligi yuqoriroq hisoblanadi. Respublikada koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashda faqat bir turdagi emas, har xil vaksinalardan foydalanishi kasallikka qarshi jamoaviy, turg‘un immunitetni hosil bo‘lishiga olib keldi. Kasallikning yangi shtamplari kirib kelgan holatda ham vaksinalar bir-biri bilan bog‘ hosil qildi. Respublikamizda emidemik to‘lqinlar paytida ham kasallikning ko‘tarilib ketmasligi, koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichining oldini olishga erishilgani isbotlandi.

Yilda necha marta emlanish kerak?

Respublikada bugungi kunda 78 foizdan ortiq aholi to‘liq vaksina bilan emlangan. Agar birinchi doza bilan busterni olganlarni hisoblaydigan bo‘lsak, 98 foizdan ortiq odam emlangan.

Koronavirusga qarshi emlangandan keyingi vaksinani kasallikni kirgizdirmasdan immunitet hosil qilib, himoya qilib turish imkoniyati 6 oygacha bo‘ladi. Shuni inobatga olgan holda 6 oydan keyin buzer dozada emlanishi ko‘zda tutildi va buster doza olish tavsiya qilindi. Har 6 oydan keyin takroran emlanishiga tavsiya qilinadi. Hali bir marta olganda butun umr ta’sir qiladigan vaksina yaratilmadi.

COVID – hujayralararo virus, ya’ni bugun bor, ertaga yo‘q. Agarda bu qizamiq, qizilcha, skarlatina, bo‘g‘ma kasalliklari kabi yuqumli (infeksion) kasallik bo‘lib, uning xotirasi organizmda bir umr saqlanib qolganda, unga qarshi ishlab chiqarilgan vaksina hosil qilgan immunitet ham butun umrga saqlanib qolardi. Tasavvur qiling, bu xuddi grippga o‘xshaydi. Grippning bu yil bir shakli, kelasi yilda boshqa, mutatsiyaga uchragan shakli keladi. Grippga qarshi vaksina olsangiz, bir yilga yetadi. Keyingi yilga gripp mavsumi uchun takroran vaksina olishingiz kerak bo‘ladi. Koronavirus infeksiyasi ham xuddi shunga o‘xshab, hozir kelgan turi keyingi yil kelmaydi. Keyingi yilda yoki 6 oydan so‘ng kelsa, boshqa shtammiga o‘zgarib keladi. Masalan, ilk bor 2020-yil 15-martda koronavirusning Uxanda tarqagan shtammi kirib kelgan edi. 2021-yilda yangi to‘lqin delta shtammi keldi. 2022-yilning yanvar-fevral oylarida esa yana bir yangi to‘lqin ko‘tarildi, bu – omikron. Har safar o‘zgargan paytida yana epidemiya ko‘tarilishi bo‘lgan. Lekin vaksina olganlar ushbu kasallik bilan kasallanmasligi, infeksiya yuqqan taqdirda ham kasallik yengil o‘tishi va o‘lim holati bo‘lmasligiga erishadi.

COVID’ga qarshi dori qachon yaratiladi?

Grippga million xil dori bor. Ammo bemor ulardan qaysi birini qabul qilsa, to‘liq tuzalishini hech kim kafolat bera olmaydi. Baribir simptomatik davolanish ko‘zda tutiladi. Koronavirusga qarshi ham mahalliy olimlar tomonidan “Rutan” dori vositasi ishlab chiqilgan. Mazkur dori “Remdesivir” singari yuqori samadorlikka ega. Lekin shunga qaramasdan “Rutan” ham kasallikni 100 foiz davolay olishiga kafolat yo‘q. Ya’ni mana shu kasallikka qarshi ishlab chiqarilgan dori vositalari ham mutatsiyaga uchrashi, kasallikning yangilanishiga nisbatan sekin-astalik bilan o‘zgarib borishi kerak. O‘sha kasallikni o‘zgaruvchan ekani, mutatsiyaga uchrashi va har gal epidemiya chaqirgan paytda boshqa shtammlarni kirib kelishi ham davolanishda, ham vaksinatsiya yaratilishida murakkablik tug‘diradi. Grippda kimdir inflyuvak, boshqa birov vak-flyu, gripp postat va boshqa vaksinalari qo‘llaniladi. Xuddi shu narsa koronavirusda ham takrorlanyapti. Bu jarayon rivojlangani sari olimlar aniq dori vositasi ham, vaksina ham yaratadilar. Vaksina yaratishga bir necha yillab vaqt ketadi. Lekin tibbiyotda qisqa vaqt ichida ulkan yutuqlarga erishilgani katta gap.

Bir kishi turli vaksinalarni qabul qilish mumkinmi?

Bugungi kunda fuqarolarimiz yuqorida aytilgan 7 turdagi vaksinadan xohlagani bilan emlanishi mumkin. Masalan, siz yashash joyingizdagi poliklinika borib: “men ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olmoqchiman”, deb bemalol emlanishingiz mumkin. Masalan, siz oldin ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olgan bo‘lsangiz, buster doza sifatida Moderna olishingiz mumkin yoki aksincha bo‘lsa ham mayli. RNK usulida olingan Moderna, Pfizer vaksinasidan keyin, rekominant usulda yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanishni tavsiya qilamiz. Agarda avval ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan bo‘lsa, Pfizer yoki Moderna bilan buster dazada emlanish tavsiya etiladi. Vaksinani almashtirib emlanish ham hosil bo‘lgan immunitet samaradorligini oshiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?