• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Alisher Uzoqov xorijga ketayotganini ma’lum qildi. Uning boshlovchiligidagi “Kim ekan?” shou dasturi ham to‘xtatiladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Alisher Uzoqovning xorijga ketayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Uzoqov boshlovchilik qilayotgan “Kim ekan?” shou-dasturi ham to‘xtatilayotgani ma’lum bo‘ldi. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova Alisher Uzoqov bilan suhbatlashib, uning chet elga nima sababdan ketayotganiga oydinlik kiritdi.

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    — Xorijga ketyapman, ammo bu ko‘rsatuvning to‘xtatilishiga asosiy sabab emas. Ko‘rsatuv boshlanmasidan avval uni eng shirin joyida to‘xtatishni niyat qilgandik. Inson o‘z vaqtini to‘xtashni ham bilishi kerak. Tomoshabinlar yaxshi qabul qilyapti, deb soni uchun ishlansa, qarsak chalayotgan odamlarni ham bezdirib qo‘yish hech gap emas. Oldindan bir narsa deyolmayman, ammo safarlardan eson-omon qaytsam, balki keyinroq uning davomini suratga olarmiz, — deydi Alisher Uzoqov.

     Alisher Uzoqov yaqin kunlarda suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” serialining ikkinchi mavsumida suratga tushadi, degan gap-so‘zlarga ham oydinlik kiritdi.— Haqiqatan ham serialga taklif etildim. Lekin uni bu safar ham rad etdim. Yashirmayman, serialning birinchi mavsumida ham Turkiyaga borib, syomka boshlanmasidan avval O‘zbekistonga qaytib kelganman. Buning, albatta, o‘ziga xos sabablari bor. Yaqin kunlarda boshqa xorij davlatiga safar qilishni rejalashtiryapman. Asosiy maqsadim mediadan tashqari sohada ham o‘qib, o‘z imkoniyatlarimni sinab ko‘rmoqchiman, — deydi Alisher Uzoqov.

    Agar loyiha rejissori yoki prodyuseri “Kim ekan?” ko‘rsatuviga boshqa boshlovchi olishni istasa, buni Alisher Uzoqov qanday qabul qiladi?— Xursand bo‘laman va bunga qarshilik qilmayman, — deya javob berdi aktyor va teleboshlovchi Alisher Uzoqov.

    Baxtiyor Safarov: “Ko‘rsatuvni Alisher Uzoqov qaytgachgina davom ettirishimiz mumkin”

    “Zirapcha”, “Men va sen” realiti-shoulari, “Qadam” va “Meni asra” kabi seriallari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan rejissor Baxtiyor Safarov “Kim ekan?” loyihasining ham asoschisi hisoblanadi. Xo‘sh, u oxirgi uch oy ichida yurtimiz telekanallari orasida eng yuqori reytingni egallagan ko‘rsatuvining to‘xtatilishiga qanday munosabat bildiradi?

    Foto: Instagram/ @baxtiyor_safarov

    Foto: Instagram/ @baxtiyor_safarov

    — Shu kungacha suratga olgan ko‘rsatuvlarimning barini ma’lum tanaffuslar bilan efirga berganman. Tomoshabin “to‘yib qolsa” undan kamchilik izlashni yoki e’tibor bermaslikni boshlaydi. Shu bois avvaldan “Kim ekan?” loyihasini ham uzoq vaqt davom etishini rejalashtirmaganman. Alisher aka safarga ketadigan bo‘ldi va ishtirokchilar bilan bog‘liq muammolarga uchray boshladik.

    Tan olish kerak, keyingi paytlarda o‘zbek san’atida jon berib ijod qilayotgan ijodkorlar uzog‘i bilan 20 tani tashkil etadi. Deyarli hit bo‘ladigan qo‘shiqlar ham juda kam. Shu bois kamida 20 yil avval ijod qilgan, qo‘shiqlari va xatti-harakatlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan ijodkorlarning hammasi ham bunday loyihalarda ishtirok etishni istashmaydi. Chunki ularning ko‘pchiligi quda-andali, oila boshi bo‘lgani uchun yoshlarbop loyihalar bachkanadek tuyulishi mumkin. Shu kungacha 15 ta ko‘rsatuv suratga olgan bo‘lsak, ularda jami 90 ta san’atkor niqob ostida chiqish qilishdi. Oxirgi ko‘rsatuvlarda “Qaysi san’atkorni taklif etmadik?” deb o‘ylanib qoldik. Yosh ijodkorlar ko‘p, ammo hakamlar hay’ati 4-5 yil ijod qilgan xonandalarni ham tanishmadi.

    Aktyor Alisher Uzoqov ko‘rsatuvga boshqa boshlovchi taklif etilsa, qarshi bo‘lmasligini aytdi. Rejissor Uzoqovning o‘rniga kim bilan hamkorlik qilishi mumkin?

    — Buni hayolimga ham keltirmayman. Chunki boshlovchining o‘zgarishi ko‘rsatuv reytingiga hech qachon ijobiy ta’sir etmaydi. Har bitta ko‘rsatuvning o‘z yuzi bo‘lishi kerak. “Zirapcha” ko‘rsatuvi suratga olinayotganda Rayhon Ulasenova Turkiyaga ijodiy safar bilan ketadigan bo‘ldi. Shunda vaqtinchalik boshlovchini o‘zgartirishni ham taklif qilishdi. Ammo men Rayhon Ulasenova O‘zbekistonga qaytishini kutdim. “Kim ekan?” ko‘rsatuvini Alisher Uzoqov qaytgachgina suratga olamiz, agar rejalar o‘zgarsa, ko‘rsatuvga qayta murojaat etmayman. Ya’ni u bu shaklda suratga olinmaydi.

    Boshqa xususiy telekanallarda ham “Kim ekan?” shaklidagi ko‘rsatuvlar “(O‘g‘irlangan niqob” va “Parda ortida”) namoyish etilyapti. Bu shunchaki tasodifmi yoki ijodkorlar bir-biridan ilhomlanishganmi?

    — Aslida bu original g‘oya emas.  Niqob bilan bog‘liq ko‘rsatuvlar xorijning 40 dan ziyod davlatlarida namoyish etilgan. Bu loyihani telekanallarimizda efirga berishni yanvar oyida niyat qilgandim. Sahna dekoratsiyalariga buyurtma bergach, boshqa telekanalda ham shunga o‘xshash loyiha haqida e’lon berilayotganini eshitdik. Afsuski, u paytda bizning kanal ham, ular ham ortga qaytolmasdi. Shu bois shaklan bir-biriga o‘xshash loyiha deyarli bir vaqtda efirga ketdi. Ammo hammasining o‘ziga yarasha kuzatuvchisi bor, — deydi rejissor Baxtiyor Safarov.

    Mavzuga doir:

    • Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)
    • Hamon oila qurmay, oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)
    • Ota-onasidan erta ayrilib, yetimlik azobini totgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    13.05.2022, 14:49   Izoh (0)   51062
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Tiktoker Parizoda turmushga chiqdi, Yulduz Usmonova Nyu-Yorkka ketdi, o‘zbekistonlik mashhurlar tilla baliqdan nima so‘raydi?

    12.05.2022, 22:12

    Van Damm, Bochelli, Vuychich va jismoniy nuqsoniga qaramay muvaffaqiyatga erishgan boshqa yulduzlar (foto)

    12.05.2022, 21:35

    35 yoshdan keyin onalik baxtiga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar (video)

    12.05.2022, 17:12

    Ekrandan hayotga ko‘chgan muhabbat: Suratga olish maydonchasida baxtini topgan turk kinosi yulduzlari (foto)

    12.05.2022, 14:46

    43 yoshli Zolushka, Elzadek kiyingan haqiqiy malika: ertak qahramoni kabi kiyinib, hammaning e’tiborini tortgan mashhurlar (foto)

    11.05.2022, 15:39

    Instagram: Gulchehra Eshonqulovaning AQSHda yashamoqchi bo‘lganlarga maslahatlari, Shahzod Sultonovdan kechirim so‘ragan Feruza Normatova, Bunyodbek Saidovning ona...

    10.05.2022, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.