• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ota-onasidan erta ayrilib, yetimlik azobini totgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    Ota-onadan ayrilish og‘ir dard. O‘zbek san’atining ko‘plab vakillari ham bu dardni juda erta boshdan kechirgan. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova ota-onasidan bevaqt judo bo‘lgan mashhurlar bilan suhbatlashib, ularning kechinmalari bilan tanishdi.

    Shukurullo Isroilov

    Qiziqchi Shukurullo Isroilov 3 yoshida otadan yetim qolgan. U otasiz ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan qiynalgani haqida so‘zlab beradi.

    Foto: Instagram / @shukurullo_isroilovoriginal

    Foto: Instagram / @shukurullo_isroilovoriginal

    — Otam uch yoshimda olamdan o‘tgan. Rosti, u inson bilan bog‘liq voqealar yodimda qolmagan. Oilada buvim, onam, ukam va men yashardik. Buvimning oyog‘ini tramvay bosib ketgandi. Onam rahmatli ham nogiron edi. Onam erta tongdan ishlagani ketardi, buvim uyda ukam ikkimizga qarardi. Onamni qiynamaslik uchun maktab formalari kichkina bo‘lib qolmaguncha kiyaverardik. Hatto oq ko‘ylagimning yoqasi eskirib, sarg‘ayib ketganidan  buvim yoqasiga mato qoplab berardi. Yamoq solingan paypoqlarni-ku ta’riflashga til ojiz. Onamga yordam berish uchun 16 yoshimdan to‘ylarga chiqishimga to‘g‘ri kelgan. Ammo onam “Artistlarga qo‘shilma, odamlar seni ham artist deb, qizini bermay qo‘yadi”, derdi. Mashhur san’atkorning jamoasida boshlovchilik qilardim, ammo juda kam pul berishardi. Boshqa tanlovim yo‘qligi uchun indamay to‘ylarga kelaverardim, — deydi qiziqchi Shukurullo Isroilov.

    Halima IbragimovaQiziqchi Halima Ibragimova ota-onasidan erta ayrilgani, ularning ikkisi ham to‘yini ko‘rmay vafot etganini armon bilan xotirlaydi. Hatto intervyularining birida to‘yini o‘zi o‘tkazganini ham ma’lum qilgandi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Otam rahmatli 16 yoshimda yurak xurujidan vafot etgan. O‘shanda otam endigina 42 yoshni qarshilagandi. Otam davrida oilamiz moliyaviy jihatdan umuman qiynalmagan. Katta yeb, katta ichishga o‘rganib qolganimiz uchun otamning vafotidan keyin ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Yetti yil mobaynida “Farhod” bozorida ishlaganman. Bozor meni tarbiyalab, hayot maktabini o‘rgatgan, desam ham bo‘ladi.  To‘rt yildan keyin onam ham yurak xuruji bilan kasalxonada vafot etgan. Onamdan 20 yoshimda yetim qolganmiz. Ikki opam va singlim turmushga chiqishgandi. Qo‘ldan kelgancha ularga yordam qilishga harakat qilardim. Turmushga chiqish haqida o‘ylamaganim uchun 28 yoshimda oila qurdim, — deydi qiziqchi Halima Ibragimova.

    Zarina Yo‘ldosheva“O‘jar homilador” seriali va Ziyodaning “Tor ko‘cha” klipidagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Zarina Yo‘ldosheva 12 yoshida onasidan ayrilgan. Otasi esa hali esini tanib ulgurmasidan vafot etgan. Buvisi keksayib qolgani va oila moddiy jihatdan qiynalgani uchun Zarina, uning uka hamda singlisini Sirdaryodagi mehribonlik uyiga topshirishgan. Zarina 16 yoshiga qadar mehribonlik uyida tarbiyalangan.

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

    — Onam og‘ir xastalikka chalingandi. Bir kuni ahvoli yomonlashib qoldi. Shifokor kelguniga qadar onamning qo‘llarini bir daqiqa ham qo‘yib yubormadim. Shunda qarindoshlarimdan biri: “Oying ertaga ko‘rmagandek bo‘lib ketadi. Sen tashqariga chiqib tur”, dedi. Afsuski, bu onam bilan so‘nggi vidolashuvimiz bo‘lgan ekan. Bola qalbim bilan onamning sog‘ayishiga ishongandim. Onamning o‘limidan keyin juda qiynaldim. Har kuni onam tushimga kirib, meni o‘zi bilan olib ketishini aytardi. Buni buvimga aytsam, yanada qiynalardi. Orada o‘zim ham xastalikka chalinib qoldim. Hushimdan ketib, o‘zimni bilmay qolardim. “Men ham oyimdek o‘lib qolsam, singlim bilan ukamga kim qaraydi?” — mana shu savol meni hayotga qaytardi, — deydi aktrisa Zarina Yo‘ldosheva.

    Luiza RasulovaTaniqli aktrisa Luiza Rasulova ham otasidan erta ayrilgan. Uning otasi ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilgan hamda avtohalokat tufayli vafot etgan. Aktrisa otasidan keyingi kunlar oson o‘tmaganini ta’kidlaydi.

    Foto:Instagram/ @luizarasulova

    Foto:Instagram/ @luizarasulova

    — Odatda hamma qizlar otasini yaxshi ko‘radi. Bu mehr menda ikki hissa ko‘proq edi. Afsuski, ayni balog‘at yoshida otamdan ayrilganman. Bu men va oilamiz uchun og‘ir fojia edi. Tushkunlikka tushib qolganmiz, moliyaviy qiyinchiliklarimiz ham boshlangan. Otam vafotiga qadar maktabdagi eng faol va a’lochi o‘quvchi edim. Otamni yo‘qotgach, maktabga ham borishni istamay qolgandim. Shunda onamni hokimiyatga chaqirib, “Agar qizingiz darslarga bormasa, qizlar koloniyasiga jo‘natamiz”, deyishgandi. Onamning izza bo‘lganini ko‘rib, rosa achingandim. Pulsiz, hatto yeyishga nonimiz qolmagan kunlar juda ko‘p bo‘lgan. Shu sabab akam bilan 15-16 yoshdan boshlab ishlashga majbur bo‘lganmiz. U kunlarni eslash juda og‘ir. Ammo bu jarayon meni bolalikdan mehnatga va yaqinlarimni qadrlashga o‘rgatdi, — deydi aktrisa Luiza Rasulova.

    Malika Ravshanova“Siz men uchun eng yaxshi inson” deya dadalarni madh etuvchi qo‘shiq kuylagan Malika Ravshanova otasida juda erta ayrilgan. Uning otasi Ravshan aka 27 yoshida olamdan o‘tgan. Xonanda otasining ismi o‘zining ismi bilan doim yonma-yon tilga olinishini istab, Ravshan ismidan familiya sifatida foydalanadi.

    Foto: Instargram / @malika_ravshanova

    Foto: Instargram / @malika_ravshanova

    — Bolalik gashtini his qilmay katta bo‘lganman. 15 yoshimga qadar erta-indin otam qaytadi, degan umid bilan yashaganman. Biz-ku, otasiz qiynalganmiz, onamga esa ikki hissa qiyin bo‘lgan. Onam o‘sha paytlarda gilam to‘qish sexida ishlardi, uyga kelib kelinlar sarposiga kashta tikardi. Onam qiynalib pul topayotganini ko‘rganim uchun biror marta qo‘g‘irchoq yoki shirinlik olib bering, demaganman. Hatto katta tanaffus paytida dugonalarim oshxonaga chiqib, u-bu narsa olishsa, men sinfda qolardim, — deydi xonanda Malika Ravshanova.

    Dilfuza Ismoilova

    Xonanda Dilfuza Ismoilova ham otasidan erta ayrilgan. U 27 yoshida oilaning boshi bo‘lishiga va sovchilari eshik qoqib turgan singillarini turmushga berishiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Instagram / @dilfuza_ismailova

    Foto: Instagram / @dilfuza_ismailova

    — Bolalikdan mehnatga o‘rganganman. Oilaning bosh farzandi bo‘lganim uchun singillarimga o‘rnak bo‘lishim kerak, deb hisoblardim. Otam vafot etganidan keyin juda qiyin bo‘lgan. Onam ham menga suyanib qolgandi. O‘z vaqtida moliyaviy qiyinchiliklar ham bo‘lgan. Shuning uchun san’at bilan birga tadbirkorlik qilishimga to‘g‘ri kelgan. Singillarimni o‘qitdim, turmushga berdim. Shu bois onam rahmatli ham meni “onam” deb erkalardi, — deydi xonanda Dilfuza Ismoilova.

    Mavzuga doir:

    • Mahmud Namozovdan Ra’no Yarashevagacha. Farzandidan bevaqt judo bo‘lgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)
    • “Akamning janozasi kuni beshta to‘y o‘tkazganman”. Yaqin insoni vafot etgan kunda ham kasbi taqоzo etadigan vazifasini ado etgan mashhurlar
    • Mudhish yo‘l-transport hodisalariga uchrab, omon qolgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
    • Infarkt, xotira yo‘qolishi, zaharlanish. Og‘ir kasalliklarni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    29.04.2022, 12:56   Izoh (0)   143977
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: 650 mln so‘mlik mashina xarid qilgan Hamdam Sobirov, poytaxtda restoran ochayotgan Sayyora Qoziyeva, kasbini o‘zgartirgan Asal Shodiyeva

    28.04.2022, 22:05

    Tejamkor millionerlar: Kira Naytli, Kianu Rivz va juda kamtarona yashaydigan badavlat yulduzlar (foto)

    28.04.2022, 17:44

    Rol uchun 4 marta semirib, ozgan hamda sun’iy soch taqishini yashirmaydi: Gollivud yulduzlari haqidagi fikringizni o‘zgartirib yuboradigan ma’lumotlar

    28.04.2022, 15:43

    Unutilgan go‘zallar: mahorati yetarlicha baholanmagan Gollivud aktrisalari

    28.04.2022, 13:56

    Instagram: Alisher Qodirovni konsertga taklif qilgan Davron Kabulov, Dili.me tug‘ilgan kunidagi syurpriz, Mirolim Qilichev oilasidagi judolik

    27.04.2022, 22:09

    Birinchi xonimlar: prezident va qirollarning mashhurlikda ulardan qolishmaydigan rafiqalari (foto)

    27.04.2022, 17:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.