Farg‘onada 4 nafar farzandi bor erkak xotinini chopib tashladi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
2022-yil 19-aprel kuni soat 08:00 larda fuqaro X.D. (1977-yilda tug‘ilgan erkak, 4 nafar farzandi bor, ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatga olingan) turmush o‘rtog‘i bilan yashash xonadonida uy ishlarini o‘z vaqtida qilish masalasida o‘zaro janjallashib, xo‘jalik boltasi bilan bosh va bo‘yin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng X.D. Qo‘qon shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga sodir etgan jinoyati haqida aytib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.
Avvalroq Sirdaryoda xotinini farzandining oldida 14 marta pichoqlab o‘ldirgan erkak 17 yilga qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Surxondaryoda qaynona nabirasiga arzon oyoq kiyim olib bergan kelinini farzandlari oldida 32 marta pichoqlab o‘ldirdi
- Andijonda onasiga baqirgan ukasi bilan janjallashib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan aka 10 yilga qamaldi
- Farg‘onada xotini va 13 yoshli o‘g‘lini tayoq bilan urib o‘ldirgan erkak 22 yilga qamaldi
Izoh (0)